TGViewer
IT Park Uzbekistan IT Park Uzbekistan @itpark_uz · 17.6K subscribers
Post #21493 1.01K
🌐 Sirdaryoda BPO rivoji: yangi filiallar va yangi ish o‘rinlari

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Sirdaryo viloyatiga tashrifi davomida Guliston shahrida faoliyat yuritayotgan IT Park rezidenti Pandaex kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi.

BPO yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan Pandaex kompaniyasining Gulistondagi ofisida bugungi kunda 100 nafardan ortiq mutaxassis ishlamoqda. Kompaniya jamoasi hududning o‘zidan turib xalqaro bozorlarga xizmat ko‘rsatmoqda.

Kompaniya faoliyatini Sirdaryo viloyatining boshqa hududlarida ham kengaytirish rejalashtirilgan. Xususan, Sirdaryo tumanidagi filialda 50 ta, Shirin shahrida esa 30 ta yangi ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, Sardoba tumanida yangi filial ochish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi. Pandaex BPO xizmatlarini taqdim etib, jumladan, Rossiya bozori bilan ishlaydi.

Tashrif davomida Sherzod Shermatov “Kelajak Markazi” faoliyati bilan ham tanishdi. Markazda yoshlar uchun tashkil etilgan kompyuter savodxonligi va dasturlash asoslari bo‘yicha o‘quv xonalari, shuningdek, kontent yaratish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda yoshlarning o‘z loyihalarini ijtimoiy tarmoqlarda targ‘ib qilishiga ko‘maklashuvchi KelajakTV studiyasi ko‘zdan kechirildi.


Hududlarda BPO xizmatlari va raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish yoshlar uchun o‘z yashash joyini tark etmasdan zamonaviy kasblarda ishlash, tajriba orttirish va xalqaro bozorlarga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytiradi.

—

🌐 BPO expansion in Syrdarya: new branches and new jobs

During his visit to the Syrdarya region, Minister of Digital Technologies Sherzod Shermatov reviewed the operations of Pandaex, a member of IT Park based in Gulistan.

Operating in the BPO sector, Pandaex currently employs more than 100 specialists at its Gulistan office. The company’s team provides services to international markets while working directly from the region.

Pandaex is also planning to expand its operations across other parts of the Syrdarya region. The company plans to create 50 jobs at its branch in Syrdarya district and another 30 jobs in the city of Shirin. Opportunities to establish an additional branch in Sardoba district were also considered. The company provides BPO services and works, among others, with the Russian market.

As part of the visit, Sherzod Shermatov also reviewed the activities of Kelajak Markazi. The center includes classrooms for computer literacy and programming fundamentals, as well as the KelajakTV studio, designed to help young people develop content creation skills and promote their own projects through social media.


Expanding BPO services and digital skills development across the regions creates more opportunities for young people to build modern careers, gain practical experience and serve international markets without leaving their home region.

Telegram
| Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
  • ❤ 5
More from @itpark_uz
  1. Sep 27, 2026IT Park Uzbekistan va Academia Park London o‘zbek startaplarining xalqaro bozorlarga chiqi…
  2. Sep 26, 2026✨ SaferZone O‘zbekistonni Markaziy Osiyo uchun kiberxavfsizlik xabi sifatida ko‘rib chiqmo…
  3. Sep 26, 2026🎤 Pitch Point: startaplar va investorlar bir maydonda ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida…
  4. Sep 26, 2026✨ IT Park Uzbekistan va Hi-Tech Park Belarus hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildi ICT…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →