✨ IT Park Uzbekistan va Telecontact biznesni rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini muhokama qildi
ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida IT Park Uzbekistan bosh direktori Azamat Karamatov va Telecontact asoschisi Viktor Volskiy kompaniyaning O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirish, hududiy rivojlanish va eksport salohiyatini oshirish masalalarini muhokama qildilar.
Bugungi kunda Telecontact Toshkent, Samarqand va Farg‘onada faoliyat yuritib, 400 dan ortiq mutaxassisni ish bilan ta’minlamoqda. Kompaniya Namangan viloyatida yangi ofis ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda va keyingi bosqichda 1 000 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratishni rejalashtirmoqda.
Shuningdek, uchrashuvda shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash bilan bog‘liq loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari, Enterprise Uzbekistan mexanizmi hamda xalqaro buyurtmachilar uchun O‘zbekistondan ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmini oshirish masalalari muhokama qilindi.
👉 Batafsil: it-park.uz
-—
✨ IT Park Uzbekistan and Telecontact Discuss Strategic Directions for Business Development
As part of ICT WEEK Uzbekistan 2026, Azamat Karamatov, CEO of IT Park Uzbekistan, met with Viktor Volsky, Founder of Telecontact, to discuss the company’s further expansion in Uzbekistan, regional growth, and export potential.
Telecontact currently operates in Tashkent, Samarkand, and Fergana, employing more than 400 specialists. The company is also considering opening a new regional office in Namangan Region and plans to create over 1,000 new jobs as it scales its operations.
The meeting also covered opportunities for projects involving personal data processing, the Enterprise Uzbekistan mechanism, and increasing the volume of services delivered from Uzbekistan to international clients.
👉 Read more: outsource.gov.uz
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
Post #21480
982





- 🔥 1