TGViewer
IT Park Uzbekistan IT Park Uzbekistan @itpark_uz · 17.6K subscribers
Post #21466 1.01K

Forwarded from StartupBase

🌏 IT Park Ventures va Gobi Partners Markaziy Osiyoda venchur hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildi

ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida IT Park Ventures va Gonkongning Gobi Partners venchur fondi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar O‘zbekistondagi istiqbolli startaplarga investitsiya jalb qilish, Markaziy Osiyoda venchur faoliyatni kengaytirish hamda qo‘shma investitsiya tashabbuslarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

👤 Uchrashuvda Gobi Partners boshqaruvchi hamkori Chibo Tang ishtirok etdi. U fondning Greater Bay Area yo‘nalishiga rahbarlik qiladi va Osiyodagi texnologik kompaniyalarga investitsiya kiritish bo‘yicha katta tajribaga ega.

2002-yilda tashkil etilgan Gobi Partners Osiyodagi yirik venchur platformalardan biri bo‘lib, $1,6 mlrd dan ortiq aktivlarni boshqaradi. Fond FinTech, AI va DeepTech, e-commerce, sustainability va boshqa texnologik yo‘nalishlardagi kompaniyalarga investitsiya kiritadi.

🚀 Muzokaralarda Gobi Partners’ning Markaziy Osiyoda faoliyatini kengaytirish rejalari alohida muhokama qilindi. Fond kelgusi yilda mintaqaga xizmat ko‘rsatadigan ofis ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda va uning joylashuvi uchun O‘zbekiston hamda Qozog‘iston variantlarini baholamoqda.

Uchrashuv davomida Gobi Partners vakillari O‘zbekiston fondning mintaqadagi faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun ancha mantiqli va istiqbolli variant ekanini qayd etdi. Toshkentda mintaqaviy ofis ochish orqali Markaziy Osiyodagi startaplar, investorlar va hamkorlar bilan ishlash imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

💰 Tomonlar, shuningdek, O‘zbekistonda qo‘shma venchur fond tashkil etish imkoniyatini muhokama qildi. Bunday mexanizm Gobi Partners’ning xalqaro investitsiya tajribasi va tarmog‘ini IT Park Ventures’ning mahalliy startup pipeline’i bilan birlashtirishga xizmat qilishi mumkin.

Bundan tashqari, O‘zbekiston startaplarini Gobi Partners investitsiya oqimiga olib kirish, ularni Greater Bay Area, Janubi-Sharqiy Osiyo va Yaqin Sharqdagi investorlar hamda korporativ hamkorlar bilan bog‘lash masalalari ko‘rib chiqildi.


🤝 Uchrashuv yakunida tomonlar Gobi Partners’ning Markaziy Osiyodagi potensial kengayishi, Toshkentda mintaqaviy ofis ochish va O‘zbekistonda venchur fond tashkil etish imkoniyatlarini yanada batafsil o‘rganish, shuningdek, istiqbolli mahalliy startaplar bo‘yicha investitsion hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • ❤ 2
  • 🔥 1
More from @itpark_uz
  1. Sep 27, 2026✨ IT Park Uzbekistan va Academia Park London o‘zbek startaplarining xalqaro bozorlarga chi…
  2. Sep 26, 2026✨ SaferZone O‘zbekistonni Markaziy Osiyo uchun kiberxavfsizlik xabi sifatida ko‘rib chiqmo…
  3. Sep 26, 2026🌐 Sirdaryoda BPO rivoji: yangi filiallar va yangi ish o‘rinlari Raqamli texnologiyalar va…
  4. Sep 26, 2026🎤 Pitch Point: startaplar va investorlar bir maydonda ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida…
  5. Sep 26, 2026✨ IT Park Uzbekistan va Hi-Tech Park Belarus hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildi ICT…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →