TGViewer
IT Park Uzbekistan IT Park Uzbekistan @itpark_uz · 17.6K subscribers
Post #21471 1.12K

Forwarded from StartupBase

🌍 IT Park Uzbekistan xalqaro hablar bilan o‘zbek startaplarining xorijiy bozorlarga chiqishini muhokama qildi

24-sentabr kuni ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida IT Park Uzbekistan xalqaro hablar vakillari bilan davra suhbati o‘tkazdi. Unda Xitoy, Janubi-Sharqiy Osiyo va BAA bozorlaridagi amaldagi dasturlar, natijalar va keyingi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.

👥 Uchrashuvda IT Park Uzbekistan bosh direktori Azamat Karamatov, Khan Tengri Innovation Hub asoschisi Lyazzat Borankulova, Big Sky SEA Hub hamkori Adil Nurgojin va White Hill Capital venchur hamkori Agahuseyn Ahmadov ishtirok etdi.

🇨🇳 Xitoy yo‘nalishida 3 ta o‘zbek startapi Shanxaydagi Digital ScaleUp Acceleration Program’ni yakunlagani, 2 ta startap SCO Youth Innovation & Entrepreneurship Competition finaliga chiqqani, yana 4 ta startap AI in Healthcare dasturiga jalb etilgani qayd etildi. Shuningdek, iyul oyida Shanxayda o‘tkazilgan World AI Conference xalqaro ko‘rgazmasida 5 ta o‘zbek startapi ishtiroki ta’minlangani ma’lum qilindi.

🇲🇾 Janubi-Sharqiy Osiyo bo‘yicha Big Sky SEA Hub natijalari ko‘rib chiqildi. Birinchi kohort ishtirokchisi TASS Vision Malayziya korporatsiyalari bilan tijoriy shartnoma imzolagan. Oktabr oyida esa 5 ta o‘zbek startapi ishtirokidagi ikkinchi kohortni boshlash rejalashtirilgan.

🇦🇪 BAA yo‘nalishida o‘tgan yilgi akseleratsiya dasturi natijalari muhokama qilindi. Shuningdek, shu yil oktabr oyida 5 ta o‘zbek startapini BAA bozoriga olib chiqishga qaratilgan akseleratsiya dasturini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari ko‘rib chiqildi.

📈 Uchrashuvda xalqaro hablar faoliyatini dasturlar soni bilan emas, balki tijoriy shartnomalar, yangi mijozlar, investitsiyalar, pilot loyihalar va real market-entry natijalari orqali baholash muhimligi ta’kidlandi.


Tomonlar yangi kohortlarni shakllantirish, hablar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish va O‘zbekiston startaplari uchun xalqaro bozorga chiqish imkoniyatlarini yanada tizimli kengaytirishga kelishib oldi.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • ❤ 1
More from @itpark_uz
  1. Sep 26, 2026🎤 Pitch Point: startaplar va investorlar bir maydonda ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida…
  2. Sep 26, 2026✨ IT Park Uzbekistan va Hi-Tech Park Belarus hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildi ICT…
  3. Sep 26, 2026✨ IT Park Uzbekistan va Telecontact biznesni rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini…
  4. Sep 26, 2026✨ O‘zbekiston GameDev industriyasi: yangi imkoniyatlar va xalqaro bozorlar ICT WEEK Uzbeki…
  5. Sep 25, 2026🌍 IT Park Uzbekistan va Startup Genome O‘zbekiston startap ekotizimini global miqyosda ri…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →