ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Ayubxon Sultonov boshchiligidagi O‘zbekiston startap ekotizimi vakillari va Startup Genome asoschisi JF Gotiye o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🧠 Uchrashuv davomida O‘zbekistonning Global Startup Ecosystem Report va boshqa xalqaro startap reytinglaridagi pozitsiyasini mustahkamlash, xorijiy investorlar uchun ekotizim haqidagi ma’lumotlarning ochiqligini oshirish va mamlakatning xalqaro startap maydonidagi tan olinishini kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildi.
📊 Startup Genome San Fransiskoda joylashgan startap ekotizimlarini tadqiq qilish va rivojlantirishga ixtisoslashgan xalqaro tashkilot bo‘lib, 350 dan ortiq ekotizim va 5,5 milliondan ziyod startap haqidagi ma’lumotlarni tahlil qiladi. Tashkilot 65 dan ortiq mamlakatda davlat idoralari va innovatsion institutlarga strategik maslahat xizmatlarini ko‘rsatib keladi. Uning asosiy tadqiqotlaridan biri har yili e’lon qilinadigan Global Startup Ecosystem Report (GSER) hisoblanadi.
IT Park Uzbekistan va Startup Genome o‘rtasidagi hamkorlik O‘zbekiston startap ekotizimini xalqaro metodologiyalar asosida baholash va rivojlantirishga qaratilgan. Startup Genome ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda erta bosqich moliyalashtirish hajmi 2020-yildagi $0,3 mln dan 2024-yilda $69,5 mln gacha, ya’ni 230 baravardan ortiq oshgan.
🤝 Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston startap ekotizimining kompleks tahlilini davom ettirish, xalqaro benchmarking asosida rivojlanish ko‘rsatkichlarini takomillashtirish hamda Startup Genome’ning global tadqiqot va reyting platformalarida O‘zbekistonning pozitsiyasini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shma ishlarni davom ettirishga kelishib oldi.
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website


