✨ Grimoire Entertainment: 100 million yuklab olishdan o‘z o‘yinlarini yaratishgacha
ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasidagi GameGap tadbirida Grimoire Entertainment asoschisi Otabek Baratov jamoaning loyihalari, tajribasi va O‘zbekistondagi gamedev ekotizimi haqida taqdimot o‘tkazdi.
U ishtirok etgan loyihalar jami 100 milliondan ortiq yuklab olishga erishgan, shuningdek, u 50 dan ortiq mutaxassisdan iborat jamoani boshqarish tajribasiga ega.
Taqdimot davomida Grimoire Entertainment’ning ilk loyihalaridan biri The Code Souls ham namoyish etildi. 2.5D cyberpunk action-platformer janridagi ushbu o‘yin 2024-yilda RAZR Award mukofotini qo‘lga kiritgan.
Spiker O‘zbekistondagi gamedev hamjamiyatining rivojlanishiga ham e’tibor qaratdi. Xususan, President Tech Award, GameFest va GDG kabi tashabbuslar mahalliy dasturchilar uchun moliyalashtirish, tajriba almashish, mentorlik va xalqaro industriya vakillari bilan aloqa o‘rnatish imkoniyatlarini kengaytirayotgani qayd etildi.
Otabek Baratov jamoaning yangi loyihalari va xalqaro auditoriya uchun o‘yinlar yaratish bo‘yicha maqsadlari bilan ham o‘rtoqlashdi.
🔥 Jonli efirga ulanish: YouTube
—
✨ Grimoire Entertainment: From 100 Million Downloads to Building Original Games
At GameGap, held as part of ICT WEEK Uzbekistan 2026, Otabek Baratov, Founder of Grimoire Entertainment, presented the studio’s projects, industry experience, and the development of Uzbekistan’s gamedev ecosystem.
Projects he has contributed to have generated over 100 million downloads, while he also has experience leading a team of 50+ professionals.
The presentation featured one of Grimoire Entertainment’s first projects, The Code Souls, a 2.5D cyberpunk action-platformer that won a RAZR Award in 2024.
Baratov also highlighted the growing gamedev community in Uzbekistan. Initiatives such as the President Tech Award, GameFest, and GDG are creating more opportunities for local developers through funding, mentorship, industry events, and connections with international publishers, investors, and experts.
He also shared Grimoire Entertainment’s current projects and its plans to develop games for international audiences.
🔥 Watch the livestream: YouTube
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
Post #21392
673




- ❤ 2