TGViewer
IT Park Uzbekistan IT Park Uzbekistan @itpark_uz · 17.6K subscribers
Post #21379 602
✨ “GameDev — texnologiya, kreativlik va biznes birlashadigan industriya”

GameGap doirasida IT Park Uzbekistan eksportni rivojlantirish bo‘limi rahbari Azamat Raxmon-Zoda O‘zbekistonda GameDev yo‘nalishining rivojlanishi va mamlakatning ushbu sohadagi imkoniyatlari haqida so‘z yuritdi.

U gaming sohasi bilan yaqindan ikki yil avval tanishganini va aynan shu paytdan boshlab GameDev’ga katta qiziqish bildirayotganini ta’kidladi.

“Gaming sanoati meni o‘ziga jalb qilganining sababi oddiy: bu yerda texnologiya, kreativlik va biznes birlashadi. Bugun game development allaqachon yirik global industriyaga aylangan”, dedi Azamat Raxmon-Zoda.

Raxmon-Zoda O‘zbekistonning tez o‘sayotgan iqtisodiyoti, yosh va katta talent bazasi, investorlar uchun yaratilayotgan sharoitlar hamda texnologik ekotizim mamlakatni GameDev kompaniyalari uchun istiqbolli bozorga aylantirayotganini ta’kidladi.

Uning fikricha, aynan shu omillar O‘zbekistonga nafaqat gaming mahsulotlarini ishlab chiqish, balki xalqaro kompaniyalar, publisherlar va investorlarni jalb etish uchun ham yangi imkoniyatlar yaratadi.

Taqdimotda mamlakatda 220 dan ortiq universitet, yiliga 300 mingga yaqin IT yo‘nalishidagi dasturlar bitiruvchilari hamda 25 mingga yaqin texnik yo‘nalish bitiruvchilari borligi qayd etildi.


Shuningdek, One Million Uzbek Coders, One Million Prompters, IT Nation kabi tashabbuslar, IT va GameDev bo‘yicha ta’lim dasturlari hamda mahalliy kreativ hamjamiyatlarning rivojlanishi yosh mutaxassislarni tayyorlash uchun muhim baza yaratayotgani ta’kidlandi.

🔥 Jonli efirga ulanish: YouTube

—

✨ “GameDev is where technology, creativity and business come together”

At GameGap, Azamat Rakhmon-Zoda, Head of Export Development at IT Park Uzbekistan, spoke about the development of Uzbekistan’s GameDev sector and the opportunities the country can offer to the industry.

He noted that he first became closely involved with game development two years ago and has since developed a strong personal interest in the sector.

“What excites me about the gaming industry is that it brings together technology, creativity and business. Game development has already become a major global industry,” Azamat Rakhmon-Zoda said.

Rakhmon-Zoda highlighted Uzbekistan’s fast-growing economy, young and expanding talent base, improving conditions for investors, and developing technology ecosystem as key factors strengthening the country’s potential for GameDev companies.

He noted that these advantages create opportunities not only for developing gaming products in Uzbekistan, but also for attracting international companies, publishers and investors.

The presentation also highlighted Uzbekistan’s education and talent pipeline. The country has more than 220 universities, around 300,000 annual graduates from IT-related programs, and approximately 25,000 graduates from technical universities each year.


Initiatives such as One Million Uzbek Coders, One Million Prompters and IT Nation, together with IT and GameDev education programs and the growth of local creative communities, were also highlighted as part of the foundation for developing the next generation of specialists.

🔥 Watch the livestream: YouTube

Telegram
| Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
More from @itpark_uz
  1. Sep 25, 2026🌏 IT Park Ventures va Gobi Partners Markaziy Osiyoda venchur hamkorlikni kengaytirish imk…
  2. Sep 25, 2026✨ O‘zbekiston va Yaqin Sharq: texnologik hamkorlikning yangi bosqichi ICT WEEK Uzbekistan…
  3. Sep 25, 2026🇰🇷 IT Park Uzbekistan va KDDI Korea IT-mahsulotlar eksporti va O‘zbekistondagi faoliyatn…
  4. Sep 25, 2026🤝 IT Park Uzbekistan Princeville Capital va Hypernova Capital bilan investitsion hamkorli…
  5. Sep 25, 2026🌍 IT Park Uzbekistan va Knowledge Oasis Muscat O‘zbekiston va Ummon startaplari uchun yan…
  6. Sep 25, 2026🏆 OTS Technology Forum doirasida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston startaplari taq…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →