TGViewer
IT Park Uzbekistan IT Park Uzbekistan @itpark_uz · 17.6K subscribers
Post #21442 539

Forwarded from StartupBase

🏆 OTS Technology Forum doirasida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston startaplari taqdirlandi

ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasidagi Turkiy davlatlar tashkiloti texnologiya forumida uch mamlakat startaplari ishtirokida pitch-sessiya bo‘lib o‘tdi.

🚀 Jamoalar sun’iy intellekt, fintex va logistika yo‘nalishlaridagi loyihalarini xalqaro hakamlar hay’atiga taqdim etdi. Har bir yo‘nalishda ajralib turgan startap maxsus mukofot bilan taqdirlandi:

• Sun’iy intellekt: OX System (O‘zbekiston)
• Fintex: YouTrade (Qozog‘iston)
• Logistika: Sakaris (Qirg‘iziston)

🎤 Pitch-sessiyada TrustExam.ai, Emotomo, Flott va DAX Trade startaplari ham qatnashdi. Jamoalar o‘z mahsulotlarini namoyish etdi, ekspertlardan fikr-mulohaza oldi va hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildi.

👥 Loyihalarni Astana Hub Ventures, Aitim Holding, IT Park Ventures va KYO Legal vakillaridan iborat hakamlar hay’ati baholadi.


🤝 Tadbir turkiy davlatlar startap ekotizimlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qildi.

✨ #ICTWEEK2026 | 🧭 Startup Base bilan voqealar markazida bo‘ling.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
More from @itpark_uz
  1. Sep 25, 2026🤝 IT Park Uzbekistan Princeville Capital va Hypernova Capital bilan investitsion hamkorli…
  2. Sep 25, 2026🌍 IT Park Uzbekistan va Knowledge Oasis Muscat O‘zbekiston va Ummon startaplari uchun yan…
  3. Sep 25, 2026Turli formatdagi ma’lumotlarni real vaqt rejimida qanday tahlil qilish mumkin? AWS Communi…
  4. Sep 25, 2026Sun’iy intellektdan xavfsiz va qonuniy foydalanishni qanday ta’minlash mumkin? AWS Communi…
  5. Sep 25, 2026"Kubernetes" tizimlarida muammolarni qanday qilib erta aniqlash mumkin? AWS Community Day…
  6. Sep 25, 2026🌐 Marhamatda IT-xizmatlar eksporti 8,72 mln dollarga yetdi Raqamli texnologiyalar vaziri…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →