TGViewer
Channel Public Channel
Ильҳом Каримов

Ильҳом Каримов

@ilkhom_karimov

3D animatsiya, yugurish, tartib, intizom, ma’sulyat, insonlarga yordam berish va boshqalarga foydaliroq bo‘lish singari tushuncha va qobilyatlar qiziq bo‘lsagina kanalga a’zo bo‘ling, bo‘lmasa foydam tegmasligi mumkin
Subscribers
117
Photos
46
Videos
82
Links
166
Recent Posts 20 shown
Post #431 41

Forwarded from Lola Animation

🌍 O‘zbek animatsiyasi xalqaro nashr sahifalarida!

Lola Animation va studiyamizning ilk loyihasi — “Baxt ulashing” (Share Happiness) haqida xalqaro Novastan nashrida maqola e’lon qilindi!

Maqolada animatsion filmimizning tarixi, yosh jamoamiz bosib o‘tgan yo‘l va O‘zbekistonda animatsiya sanoatini rivojlantirishga bo‘lgan intilishimiz haqida so‘z boradi.

Bir paytlar g‘oya sifatida boshlangan loyiha bugun xalqaro auditoriya e’tiboriga tushmoqda. Biz uchun bu — katta tajriba va oldinga harakat qilish uchun yana bir motivatsiya.

O‘zbek animatsiyasi haqida ko‘proq bilishni istasangiz, maqolani o‘qishni tavsiya qilamiz!

🔗 Maqolani to‘liq o‘qish!

Telegram | Instagram | YouTube
Post #428 243
Strategiyasiz yurganda faqat yo'qotish bo'ladi

Yaqinda "Odissey"ga tushgandik. Qahramon jamoasi bilan ummonda 20 yil tentiradi. Oxirida nima bo'ldi? Bir o'zi qaytdi. Bu man ko'rgan tarafim. Aytmoqchi bo'lgan fikrimga ulamoqchiman.

Har xil orollarga bordi. O'nlab askarlarni yo'qotdi. Gohida o'ta xato, gohida qahramonona qarorlar qabul qildi. Siklop voqeasida o'tirib qo'ydi. Yalmog'iz bilan esa mardlik ko'rsatdi. Shunchaki uyga qaytmoqchi edi.

Oldida chiqqan orolda toxtadi. U yerlarda nega toxtadi? Dam olish va qorin to'yg'azish uchun. Boshqa maqsad yo'q edi. Oxirida baxtli yakun bo'ldi. Lekin nimani xisobiga? Qurbonliklar evaziga.

Bunday hikoyalarda g'olib ham, qahramon ham bosh qahramon bo'laveradi. Insonlar bunga hayrat bilan qaraydilar. Aslida hamma g'olib bo'lsa bo'larmidi? Hamma omon qaytsa bo'larmidi?

Qo'yilgan maqsadlar ketma-ketligi, rejali yurish. Shunchaki reja mana shu savolga ozgina bo'lsada javob beradi. Strategiyasiz jamoa har orolda(loyihada) to'kilib ketaveradi. Yetakchida yo'lxarita, manzil bo'lmasa askarlar o'zlariga qulay bo'lgan orolda qolib ketaverishadi.

Shuni aytishim mumkinki, hozirgi holatimda tushunganim: Strategiyasiz g'olib bo'lish mumkin. Lekin jamoani saqlash, jamoaviy g'olib bo'lish bo'lmaydi
Post #427 286
Bir ishni qilish noto'g'riligi aniq bo'lib turganda, majburlikdan shunday qilishga to'g'ri kelsa

Bu ish ta'sir qiladigan insonlarga ogohlantirish berilishi kerak


Shunda shu kishi obro'si joyida qoladi, farosati bor ekan e'tirofini eshitish mumkin bo'ladi.

Chunki insonlar darxol mantiq ishlatadi. Qaror va harakat o'rganishsiz qabul qilinganini bilishadi. Bajaruvchini fikrlashi yo'qmi degan hayolga borishadi.

Misol: Institutda galstuk va paypoqni tekshiruvchi madaniyat xodimlar bo'lardi. Ertalab eshik tagida turishardi. Nima farqi bor bu paypoqni yoki galstuk taqilmaganini degan savolga, "bo'lishi kerak" javobi berilardi. 50% o'quvchi talashardi.

Eng xatosi yot madaniyat deb, soxta fikrni dalillashtirishga harakat bo'lardi. Buning o'rniga "shunchaki, buyruq bajaruvchiman. Iltimos, talab shunday, xo'p deng" desa olam guliston bo'lardi

Mantiqsiz qarorga o'zini ishontirib, uni himoya qilishga urinish yomon narsa. Odatda bu sezilib turadi. Yaqqol tanisa bo'ladi
Post #426 207
Hamma yerni bog'lagan, juda katta ishni qilgan Hasanali bo'ladi.

Usha kuni, sovuqda kuzatmay uxlaganida, bu ishlarni bittasi ham bo'lmasdi. Havo yoqmadi, so'zi bilan tugardi.

Bekka o'xshagan bola umuman aytmasdi ichidagini. Hasanali katta ish qilgan, rostan.
Post #425 201
Avval Qutidor majburlab uzatdi. Qizni yomon deb o'ylagani aksi bo'ldi. Hammasi iziga tushdi. Doim shunday ishlarmikan...
Post #424 269
BOLALAR KONTENTI.UZ | RASMIY KANAL 🔹o‘zbekistonlik bolalar uchun ingliz tilini o‘rgatuvchi zamonaviy ta’limiy kontentlar yaratish va ularni milliy mediamaydonda ommalashtirish.
Ingliz tilini biladigan, o'rgatish bo'yicha tajribaga ega, loyiha qurishga qiziqadiganlar bo'lsa gaplashsak bo'ladi.

Kontent tayyorlanishi, bitishi, pipeline tomondan 100% yordam bera olaman. Hamkorlikka ochiqman. Toza g'oyasi borlar uchun aloqaga ochiqman
Post #423 310
Prinsplar kitobidan:

- Xonada yo'q inson haqida gap ketadigan bo'lsa, u gapni yozib olib o'ziga eshittirishga rozi bo'linsa gaplashish kerak. Bo'lmasa o'zi borligida gaplashiladi.

Agar bugun kimnidir to'dalashib muhokama qilayotgan bo'lsak, ertaga muhokama qilinishga tayyor turishimiz kerak.

Qoida: Xonada yo'q mutaxassis haqida gaplashilmaydi, Ishi yoki xulqi haqida. Uni obro'si to'kilish ehtimoli kattalashadi.

(HR, Rahbarlar suhbatlari singari istisnolar bor. Ular shundog'am qilinadi)
Post #422 375
Ильҳом Каримов Jamoani tizimlashtirish yo'lida yo'riqnomalar yozish bilan bandmiz. Bandlar ichida "hiyonat" so'zi ishlatilgan edi. Bu so'zni boshqa so'zga almashtirishni tavsiya qildim. Oxiri o'zgartirilmasdan qoldirildi. Bandni qisqacha mazmuni o'ta klassik. Kimdir ishini…
Ha, buni vaqtga qoldirgandim. 6 oy o'tdi. Tafsilotlarga kirib o'tirmasdan xulosa aytaman.

Hayotga qarash hamma insonda turlicha bo'ladi. Kimgadir katta ko'ringan masala, kimgadir juda kichik ko'rinadi.

"Hiyonat" og'ir so'z. Yo'riqnomalarda bunga o'xshagan so'z ishlatmang. Undan ko'ra, layoqatsiz, ahmoq, tekinxo'r, dangasa so'zlar yaxshiroq.

Ertaga kimdir bilan hayrlashganda ham hiyonatchi emas, dangasa tamg'asi bilan ketadi.

Aslida, bunday so'zlar umuman kerak emas. Kompaniya o'z tartibiga to'g'ri kelmagan insonni olmasligi kerak bo'ldi. Olsa ham bunaqa g'alati gaplarsiz, shunchaki ishni eplolmadiz, shu sabab siz bilan davom etmaymiz deyiladi bo'ldi.

Ketayotgan xodim ham o'zini to'g'ri analiz qila oladi. Aniq kamchiligini ko'radi. Aksincha bo'lsa, nega ketqizildiz degan savolga, hiyonat qildim deb javob beradi.

O'zi aslida deadlinega kech qolishi boisidan ketkazilgan bo'ladi
Post #421 281
Taqdimot qilish osonlashib ketdi. AIga manashu loyihani prezintatsiya qil desang, qilib tashlaydi.

https://t.me/bolalarkontentiuz/1785

Inson birxillikdan qochadi. Munozara qilingan loyihalardan bir donasi ajralib turibdi. Qiziqmi, qiziq emasmi, qay birini ko'rasan desa, albatta ushani tanlardim. Solishtiramiz, qani bir xil narsani tanlarkanmizmi?! Kettik, manga 4-si
Post #420 329
Futbolchilarni tanqid qilish kerak. Lekin, hamma narsani chegarasi bo'ladi. Mana shu chegara haqida Xayrulla aka va Temur akalarga savol bergandim. Hozirgi actual paytda ko'rib qo'yishga arziydi. Yaxshi javob berishgan

Temur aka: "Sharhlovchini ham Vatani-da, ichidan o'tib ketadi" degandek qilgandilar

Video: https://youtu.be/D3BGuCkdTGk?t=4890
Post #418 678
FUR (tuk) artist (3D Artist)

Texnik topshiriq juda oddiy. Tayyor qahramon modellariga tuk ekib chiqish kerak

Bu ishni ko'pincha 3D artistlar qiladi. Shunday do'stingiz yoki tanishingizga yuborib qo'ysangiz foydali bo'ladi. Batafsil shaxsiyda kelishamiz)

Murojaat: @ilhomshavkatkarimov
Post #417 471
Ильҳом Каримов UYAT. Usha yerdagi 20ta insonni 3-5.000.000 so'mlik oyliklari 5-6 oyni qo'shganda 50.000-60.000$ bo'ladi. Katta futbol klubi uchun bu juda kichik summa. Futbolchilar, akademiya oyliklarini olishgan. Lekin ularga xizmat qiladiganlar pul olmagan. Xizmatchilarsiz…
Gap quruq bo'lmasin, bir-biriga yaqin bo'ladi. Yoki katta farq qilmaydi.

Shov-shuv bo'lgan post: https://xabar.uz/uz/sport/paxtakorchilarning-maoshlari-elon-qilindi

Rasmiysi bundan ko'p bo'lsa ko'p kam emas.

Bu futbolchilar maoshlari haqida tanqidiy fikr emas. Bu rahbariyatda imkon bor, izlanilsa topiladi degan fikr, xolos.
Post #416 417
UYAT. Usha yerdagi 20ta insonni 3-5.000.000 so'mlik oyliklari 5-6 oyni qo'shganda 50.000-60.000$ bo'ladi.

Katta futbol klubi uchun bu juda kichik summa.

Futbolchilar, akademiya oyliklarini olishgan. Lekin ularga xizmat qiladiganlar pul olmagan.

Xizmatchilarsiz usha futbolchilar trenirovkaga chiqolmaydi. Formasini akademiya moykasiga tashlaydi, u yerda xizmatchi bor.

Har kuni ovqatlanadi, unga xizmatchilar ovqat qiladi. Premium mashinalarini parkovkaga qo'yishadi, ularga qoravullar qarashadi.

Bunyodkorda o'ynagan paytimda 3 oygacha cho'zilgandi, oylik bermaslik. Yildan-yilga o'sib borayotgan ekanda.

Chunki futbolchilarni yo'qotishdan qo'rqishadi. Xizmatchilar nimadir desa bo'shatib yuboramiz deydi.

Rostan ham akalarni jonlaridan o'tib ketibdi. Rahbariyat tomonidan juda ko'p o'yinlar bo'lar edi. Hali ham qolmagan ekan
Post #415 392
3D animatorlar diqqatiga

UIC animatsiya studiyasi Junior + Middle animatorlarni "OFFLINE" rejimda ishga taklif qilyapti.

Sifatli mutaxassislardan tajriba olishni istaganlarga imkoniyat. Sardor aka usha yerda Katta animatorlar - https://www.linkedin.com/in/sardorjumaev/

Qoida oddiy: Salom va portfolio yuborib qo'ying. Sizdan nima ketti, omadingiz kelsa qabul qilinasiz.

UIC animation studio PM - @vladimir_inspired
Post #413 453
Og'ir vaziyatlar zaif tomonlarimizni ochib tashlaydigan zo'r quroldir.

Hikingda o'ng tizzamda og'riq sezdim. Shaharda, tekis yo'lda buni sezmagandim. Bu juda eski jarohatim edi. Esimga tushdi.

Bu kamchilikni to'g'rilashim kerakligini tushundim. Bo'lmasa bu kelajak imkoniyatlardan to'sib qolishi mumkin. Balandlikka chiqishga halaqit beradi.
Post #412 480
Loyiha uchun Layout artistlar kerak

Animatsiyadan xabari bor, ozgina bo'lsada layout (animatsiya uchun barcha narsani tartibli yetkazib berish) qilish qo'lidan keladigan mutaxassislar tajriba uchun imkoniyat.

Lola animatsiya studiyasi bosh layout mutaxassisi yordamida amaliyot. Amaliyotga suhbat asosida qabul qilinasiz. Amaliyot davomida o'zingizni ko'rsatsangiz, doimiy xodimlar qatoriga qo'shilish ehtimolingiz katta.

(Layout mutaxassisi bo'lsangiz, 1-3 oygacha ish takliflari bo'ladi)

Aloqa va portfolio uchun:
Lola animatsiya studiyasi bosh Layout mutaxassisi - https://t.me/muhammadmuso_yuldashev
Post #411 361

Forwarded from Lola Animation

🎬 Yangi loyihalarimizda biz bilan bo'ling!

Animatsiya sohasida ishlaysizmi? Siz bilan yaqindan tanishishni xohlaymiz.

🤝 Hozirda loyihalarimiz kengayib borayotgani uchun oldindan ishonchli freelance mutaxassislar bilan aloqa o'rnatib borayapmiz.

🎯Kimlarni qidirayapmiz?

• 3D Modelers & Riggers
• Layout & Animatic Artists
• 3D & 2D Animators
• VFX Artists

🔗 Formani to'ldiring — siz bilan bog'lanamiz.

Telegram | Instagram | YouTube
Post #410 443
50+ qahramon. Toshkent shahar. Pravasi yo'q bir to'da yosh. Katta loyiha. Issiq yoz. Unutilmas 3 oylik.

Welcome Yo'ldars. Welcome Yo'lbars.
Post #407 529
Boshqaruvchi o'zi mavhumiyatda ishlaydi. Bu uni kasbi tabiati.

Kasbidagi asosiy vazifasi mavhumiyatlarni yechish. Qo'l ostidagilarga aniqlik berish.

Paradoks
Older posts →

About this channel

How can I read @ilkhom_karimov without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Ильҳом Каримов: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Ильҳом Каримов have?
Ильҳом Каримов (@ilkhom_karimov) has 117 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Ильҳом Каримов know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →