UYAT. Usha yerdagi 20ta insonni 3-5.000.000 so'mlik oyliklari 5-6 oyni qo'shganda 50.000-60.000$ bo'ladi.
Katta futbol klubi uchun bu juda kichik summa.
Futbolchilar, akademiya oyliklarini olishgan. Lekin ularga xizmat qiladiganlar pul olmagan.
Xizmatchilarsiz usha futbolchilar trenirovkaga chiqolmaydi. Formasini akademiya moykasiga tashlaydi, u yerda xizmatchi bor.
Har kuni ovqatlanadi, unga xizmatchilar ovqat qiladi. Premium mashinalarini parkovkaga qo'yishadi, ularga qoravullar qarashadi.
Bunyodkorda o'ynagan paytimda 3 oygacha cho'zilgandi, oylik bermaslik. Yildan-yilga o'sib borayotgan ekanda.
Chunki futbolchilarni yo'qotishdan qo'rqishadi. Xizmatchilar nimadir desa bo'shatib yuboramiz deydi.
Rostan ham akalarni jonlaridan o'tib ketibdi. Rahbariyat tomonidan juda ko'p o'yinlar bo'lar edi. Hali ham qolmagan ekan
Post #416
417