Strategiyasiz yurganda faqat yo'qotish bo'ladi
Yaqinda "Odissey"ga tushgandik. Qahramon jamoasi bilan ummonda 20 yil tentiradi. Oxirida nima bo'ldi? Bir o'zi qaytdi. Bu man ko'rgan tarafim. Aytmoqchi bo'lgan fikrimga ulamoqchiman.
Har xil orollarga bordi. O'nlab askarlarni yo'qotdi. Gohida o'ta xato, gohida qahramonona qarorlar qabul qildi. Siklop voqeasida o'tirib qo'ydi. Yalmog'iz bilan esa mardlik ko'rsatdi. Shunchaki uyga qaytmoqchi edi.
Oldida chiqqan orolda toxtadi. U yerlarda nega toxtadi? Dam olish va qorin to'yg'azish uchun. Boshqa maqsad yo'q edi. Oxirida baxtli yakun bo'ldi. Lekin nimani xisobiga? Qurbonliklar evaziga.
Bunday hikoyalarda g'olib ham, qahramon ham bosh qahramon bo'laveradi. Insonlar bunga hayrat bilan qaraydilar. Aslida hamma g'olib bo'lsa bo'larmidi? Hamma omon qaytsa bo'larmidi?
Qo'yilgan maqsadlar ketma-ketligi, rejali yurish. Shunchaki reja mana shu savolga ozgina bo'lsada javob beradi. Strategiyasiz jamoa har orolda(loyihada) to'kilib ketaveradi. Yetakchida yo'lxarita, manzil bo'lmasa askarlar o'zlariga qulay bo'lgan orolda qolib ketaverishadi.
Shuni aytishim mumkinki, hozirgi holatimda tushunganim: Strategiyasiz g'olib bo'lish mumkin. Lekin jamoani saqlash, jamoaviy g'olib bo'lish bo'lmaydi
Post #428
245