Ha, buni vaqtga qoldirgandim. 6 oy o'tdi. Tafsilotlarga kirib o'tirmasdan xulosa aytaman.
Hayotga qarash hamma insonda turlicha bo'ladi. Kimgadir katta ko'ringan masala, kimgadir juda kichik ko'rinadi.
"Hiyonat" og'ir so'z. Yo'riqnomalarda bunga o'xshagan so'z ishlatmang. Undan ko'ra, layoqatsiz, ahmoq, tekinxo'r, dangasa so'zlar yaxshiroq.
Ertaga kimdir bilan hayrlashganda ham hiyonatchi emas, dangasa tamg'asi bilan ketadi.
Aslida, bunday so'zlar umuman kerak emas. Kompaniya o'z tartibiga to'g'ri kelmagan insonni olmasligi kerak bo'ldi. Olsa ham bunaqa g'alati gaplarsiz, shunchaki ishni eplolmadiz, shu sabab siz bilan davom etmaymiz deyiladi bo'ldi.
Ketayotgan xodim ham o'zini to'g'ri analiz qila oladi. Aniq kamchiligini ko'radi. Aksincha bo'lsa, nega ketqizildiz degan savolga, hiyonat qildim deb javob beradi.
O'zi aslida deadlinega kech qolishi boisidan ketkazilgan bo'ladi
Post #422
375
Ильҳом Каримов Jamoani tizimlashtirish yo'lida yo'riqnomalar yozish bilan bandmiz. Bandlar ichida "hiyonat" so'zi ishlatilgan edi. Bu so'zni boshqa so'zga almashtirishni tavsiya qildim. Oxiri o'zgartirilmasdan qoldirildi. Bandni qisqacha mazmuni o'ta klassik. Kimdir ishini…