#UstozVaMurabbiylarKuni #UstozgaEhtirom
YUKSAK EHTIROM SOHIBLARI
🇺🇿 Bugun yurtimiz bo‘ylab jamiyatning tayanchi va kelajak bunyodkorlari bo‘lgan aziz ustoz va murabbiylarimizning kasb bayrami — O‘qituvchi va murabbiylar kunini nishonlamoqdamiz.
💐 Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimiga, ustoz va murabbiylarga qaratilayotgan e’tibor yangi, yuksak bosqichga ko‘tarilmoqda. Davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarda o‘qituvchilik kasbining nufuzini oshirish hal qiluvchi masala sifatida alohida ta’kidlanmoqda.
👨🏫Muhtaram ustozlar!
Sizlar xalqimiz ertasini, millat kelajagini sadoqat bilan yaratayotgan ulug‘ zotlarsiz. Yosh avlodga ilm berish bilan birga ularga ota-onalardek g‘amxo‘rlik qilib, Vatanimizga sadoqatli barkamol shaxslar etib voyaga yetkazishdagi mehnatingiz beqiyosdir.
💫Sizlarga mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, ijodiy yutuqlar va sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz. Shogirdlaringizning kamoli va yutuqlari doimo sizga quvonch keltirsin. Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin, qadrli va mo‘tabar ustozlar!
Millat kelajagini yuksaltirayotgan fidoyi qalb egalari— sizning mehnatingiz hamisha ulug‘dir!
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Post #17284
2.6K

- ❤ 20
- 🔥 9
- 👍 3
- 🏆 1