#Shaffoflik #StopKorrupiya
KORRUPSIYAGA QARSHI OCHIQ VA SHAFFOF MUHIT
📣 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning barcha o‘qituvchi va xodimlari diqqatiga! Maktabda shaffoflikni ta’minlash, adolatli muhitni mustahkamlash hamda korrupsion holatlarning oldini olish maqsadida korrupsiya bilan bog‘liq holatlar haqida ma’lumot qabul qiluvchi maxsus bot ishga tushirildi.
⚠️ Agar xizmat faoliyatingiz davomida tamagirlik, adolatsizlik, xizmat vakolatini suiiste’mol qilish yoki boshqa korrupsion holatlarga duch kelsangiz, bu haqda zudlik bilan maxsus bot orqali xabar berishingiz so‘raladi. Murojaat yo‘llagan shaxsning shaxsiy ma’lumotlari to‘liq sir saqlanishi kafolatlanadi.
🔎 Kelib tushgan har bir murojaat maktab rahbariyati va mas’ul xodimlar tomonidan belgilangan tartibda o‘rganib chiqiladi. Shaffof va halol ta’lim muhitini shakllantirishda har bir xodimning mas’uliyatli munosabati muhim. Botga murojaat yuborish uchun quyidagi havoladan foydalanishingiz mumkin: @ictschoolqabul_bot
🤝 Maktab obro‘si va sog‘lom ta’lim muhitini asrash — barchamizning umumiy mas’uliyatimiz. Korrupsion holatlarga befarq bo‘lmang!
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Post #17361
2.05K

- ❤ 10
- 👍 6
- 🕊 3
- 👀 3
- 🔥 2