#RaqamliSavodxonlik #TypingRace
“RAQAMLI SAVODXONLIK SARI” — O‘ZBEK TILIDA TEZ VA XATOSIZ YOZ!
🇺🇿 Ona tilimiz — milliy g‘ururimiz! Davlat tilining nufuzini yuksaltirish, unga bo‘lgan hurmatni oshirish va o‘quvchilarning savodxonligini raqamli muhitda ham mustahkamlash maqsadida ajoyib bellashuvga chorlaymiz!
🖥 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Informatika hamda Ona tili va adabiyot fani uslubiy birlashmalari tomonidan 5-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Raqamli savodxonlik sari” musobaqasi tashkil etiladi!
“Typing Race” formatidagi mazkur bellashuvda ishtirokchilar nafaqat klaviaturada tez yozish ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazadilar, balki sof o‘zbek tilidagi matnlarni imlo qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda, xatosiz va aniq terish bo‘yicha o‘zaro kuch sinashadilar. Bu — tilimizga bo‘lgan e’tibor va ehtiromning raqamli olamdagi amaliy ifodasidir.
🗓 Musobaqa ikki bosqichda bo‘lib o‘tadi.
I bosqich- 16-oktabr, II bosqich- 19-oktabr kunlari soat 15:00 da boshlanadi. Manzil: Maktabning informatika xonalarida.
Musobaqa davomida ishtirokchilar tezkorlik, yuqori diqqat va klaviaturadan samarali foydalanish bilan bir qatorda, davlat tilida to‘g‘ri, savodli va chiroyli yozish mahoratini ham namoyon etadilar.
⛓️ Musobaqada ishtirok etish uchun havola:https://al-khwarizmischool.uz/maktab-tadbirlari/race
⚡️ Raqamli makonda ham o‘zbek tilida tez, aniq va savodli yozing! Tezlikni sinang, aniqlikni namoyon eting va ona tilimizga bo‘lgan yuksak ehtiromingizni amalda isbotlang!
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Post #17392
1.56K

- 👍 4
- ❤ 3
- 🔥 2
- 😁 1