#NASA #CyberSecurity
YOSH ISTE’DOD — KELAJAK BUNYODKORI!
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab 11-05-sinf o‘quvchisi Choriyev Qahramonning NASA axborot tizimlarida 10 dan ortiq zaifliklarni aniqlab, Letter of Recognition maktubini qo‘lga kiritgani va maktabimiz tarixida birinchi bo‘lib ushbu yutuqqa erishgani “O‘zbekiston” telekanalida alohida yoritildi! 🎞
🇺🇿Qahramon amaldagi NASA veb-resurslarida yuqori darajadagi P2 zaiflikni topgani va bu kamchilik NASA tomonidan bartaraf etilgani mamlakatimiz telekanalida kiberxavfsizlik sohasi yoshlarimiz uchun naqadar muhim va istiqbolli ekanligiga yorqin misol qilib ko‘rsatildi. Bu yutuq — izlanish va ilm olishga bo‘lgan ishtiyoq har qanday cho‘qqini zabt etishga qodir ekanining yorqin isbotidir. Maktabimizning har bir o‘quvchisini chuqur bilim olishga, amaliy tadqiqotlar o‘tkazishga va o‘z imkoniyatlarini xalqaro maydonlarda sinab ko‘rishga chorlaymiz.
Unutmang: Bugungi izlanish — kelajakdagi buyuk g‘alabangiz poydevoridir❗️
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Post #17391
1.9K