TGViewer
Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi @ictschooluz · 8.43K subscribers
Post #17411 1.15K
#Uchrashuv #MilliyQadriyatlar #AyolQizlar

MA’NAVIYAT VA QADRIYATLAR — KAMOLOT POYDEVORI

📣Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 15-oktabr kuni soat 11:00 da Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi maslahatchisi, «Zulfiya» davlat mukofoti komissiyasi a’zosi Shermuhamedova Jamila Tashpulatovna ishtirokida maktab o‘quvchi qizlari bilan uchrashuv tashkil etiladi. Uchrashuv yoshlarning ma’naviy kamolotini qo‘llab-quvvatlash va dunyoqarashini kengaytirishga qaratilgan.

💬 Suhbat davomida milliy va oilaviy qadriyatlar, o‘ziga ishonch, mustaqil fikrlash hamda jamiyatda xotin-qizlarning o‘rni va faolligi kabi mavzular muhokama qilinadi. Shuningdek, o‘quvchi qizlar o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish va kelajak maqsadlarini belgilash yuzasidan foydali tavsiyalar oladilar.

Bunday uchrashuvlar yoshlarning qalbida Vatanga muhabbat va ezgu maqsadlarga intilish tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bilimli, ma’naviyatli, o‘z fikri va qat’iy maqsadlariga ega qizlar — jamiyat taraqqiyoti va kelajak bunyodkorligining muhim tayanchidir. 🌷
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
  • ❤ 6
  • 👍 3
  • 👏 2
More from @ictschooluz
  1. Oct 15, 2026#GuitarClub #SchoolClubs #Music ACOUSTIC GUITAR CLUB — PLAY YOUR FAVORITE SONGS! 🎸 Want t…
  2. Oct 14, 2026#UniversityFair #XalqaroImkoniyatlar XALQARO UNIVERSITETLAR BILAN BIR MAYDONDA 🗓13-oktabr…
  3. Oct 14, 2026Post #17400
  4. Oct 14, 2026The Korean Ministry of Education, together with KOICA and the Korean Embassy, is hosting a…
  5. Oct 14, 2026#SydneyInnovationChallenge #XalqaroTanlov #Innovatsiya #SDG3 SYDNEY INNOVATION CHALLENGE 2…
  6. Oct 13, 2026O‘ZBEKISTONDA ILK BOR — “SILK ROAD UNIVERSITY FAIR” XALQARO TA’LIM FORUMI! Ixtisoslashtiri…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →