TGViewer
Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi @ictschooluz · 8.43K subscribers
Post #17401 1.41K
#UniversityFair #XalqaroImkoniyatlar

XALQARO UNIVERSITETLAR BILAN BIR MAYDONDA

🗓13-oktabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda bitiruvchi va yuqori sinf o‘quvchilari uchun universitetlar yarmarkasi tashkil etildi. Ta’lim ko‘rgazmasida 🇦🇺 Avstraliya, 🇺🇸AQSH, 🇬🇧Buyuk Britaniya, 🇨🇦 Kanada, 🇭🇺Vengriya, 🇹🇷Turkiya, 🇩🇪 Germaniya va boshqa davlatlarning oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etib, o‘quvchilarga xalqaro ta’lim imkoniyatlari haqida ma’lumot berdilar.

💬 Yarmarka davomida o‘quvchilar universitetlarning ta’lim dasturlari, xalqaro abituriyentlar uchun qabul talablari, grant va stipendiya imkoniyatlari bilan tanishdilar. Oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan bevosita muloqot qilish va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish orqali xorijda tahsil olish hamda kelajakdagi akademik yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

🔝Mazkur ko‘rgazma o‘quvchilarning dunyo universitetlari haqidagi tasavvurlarini kengaytirish, ta’lim imkoniyatlarini o‘zaro taqqoslash va kelajakdagi maqsadlarini aniq belgilashlariga xizmat qildi.
_
🌐Telegram🌐Facebook🌐Instagram🌐Web🌐Youtube🌐Linkedin
  • ❤ 9
  • 👍 5
  • 🔥 3
  • 🎉 2
More from @ictschooluz
  1. Oct 15, 2026#GuitarClub #SchoolClubs #Music ACOUSTIC GUITAR CLUB — PLAY YOUR FAVORITE SONGS! 🎸 Want t…
  2. Oct 14, 2026#Uchrashuv #MilliyQadriyatlar #AyolQizlar MA’NAVIYAT VA QADRIYATLAR — KAMOLOT POYDEVORI 📣…
  3. Oct 14, 2026Post #17400
  4. Oct 14, 2026The Korean Ministry of Education, together with KOICA and the Korean Embassy, is hosting a…
  5. Oct 14, 2026#SydneyInnovationChallenge #XalqaroTanlov #Innovatsiya #SDG3 SYDNEY INNOVATION CHALLENGE 2…
  6. Oct 13, 2026O‘ZBEKISTONDA ILK BOR — “SILK ROAD UNIVERSITY FAIR” XALQARO TA’LIM FORUMI! Ixtisoslashtiri…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →