TGViewer
Channel Public Channel
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA

@icppa

📍100022, Toshkent sh., Nukus 52

Veb-sayt: https://gov.uz/uz/icppa
Elektron pochta: info@icppa.uz
Bog’lanish: @Icppa_aloqa_bot

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari — https://skdxuzb.taplink.ws
Subscribers
4.21K
Photos
917
Videos
263
Links
706

Showing posts older than #575 · Back to latest

Older Posts 13 shown
Post #572 489
✔️ Institutsional rivojlanish va davlat xaridlari sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi

30-iyun kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida The Asia Foundation (TAF) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar davlat xaridlari tizimini takomillashtirish, institutsional salohiyatni mustahkamlash hamda ilm-fan, ta'lim va sanoat integratsiyasini rivojlantirish yo‘nalishlaridagi istiqbolli hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

🎤 Uchrashuv avvalida Agentlik direktori tomonidan mamlakatimizda davlat xaridlari tizimini takomillashtirish, sanoatni rivojlantirish, ilm-fan va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash hamda inson kapitalini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma'lumot berildi. O‘z navbatida, The Asia Foundation vakillari tashkilotning Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi faoliyati, ustuvor yo‘nalishlari hamda amalga oshirilayotgan dasturlarni taqdim etdilar.

➡️ Muloqot davomida davlat boshqaruvi va davlat xaridlari tizimida shaffoflik va halollik tamoyillarini mustahkamlash, korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etish hamda zamonaviy boshqaruv yondashuvlarini qo‘llash masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Shuningdek, davlat organlari va davlat xaridlari sohasi mutaxassislarining institutsional salohiyatini oshirish maqsadida o‘quv dasturlari, malaka oshirish kurslari, trening va seminarlarni tashkil etish, xalqaro ekspertlar ishtirokida tajriba almashish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi.

🤝 Tomonlar, shuningdek, universitetlar, ilmiy-tadqiqot institutlari va sanoat korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, amaliy ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish, texnologiyalar transferini qo‘llab-quvvatlash hamda innovatsion ekotizimni rivojlantirish bo‘yicha AQSH Davlat departamenti dasturlari doirasida qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdilar.


Uchrashuv yakunida tomonlar mazkur yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni rivojlantirish, salohiyatni oshirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda muloqotni izchil davom ettirishga kelishib oldilar.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 5
  • 👏 5
  • 🔥 2
  • 🏆 1
Post #568 468
✔️ Davlat xaridlarini rivojlantirish bo‘yicha strategik hamkorlik

🏛️ 29–30-iyun kunlari Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida Germaniyaning xalqaro hamkorlik tashkiloti GIZ hamda ACT Global xalqaro ekspertlari ishtirokida barqaror davlat xaridlari (Sustainable Public Procurement – SPP) tizimini rivojlantirishga bag‘ishlangan ikki kunlik ilk missiya bo‘lib o‘tdi.

Missiya davlat xaridlari sohasidagi vakolatlar Agentlikka o‘tkazilgandan so‘ng hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, davlat xaridlari tizimining institutsional salohiyatini baholash, manfaatdor tomonlarni belgilash, pilot yo‘nalishlarni belgilash hamda kelgusidagi qo‘shma harakatlar rejasini ishlab chiqish maqsadida tashkil etildi.


🎤 Missiya doirasida Agentlik, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, davlat xaridlari sohasidagi raqamli platformalar, o‘quv muassasalari, biznes uyushmalari, xalqaro donorlar hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan qator uchrashuvlar o‘tkazildi. Uchrashuvlarda barqaror davlat xaridlari tizimini joriy etish, kadrlar salohiyatini oshirish, pilot loyihalarni amalga oshirish hamda davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

🤝 Missiya yakunlari bo‘yicha hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, mas'ul aloqa nuqtalari hamda keyingi bosqichda amalga oshiriladigan qo‘shma chora-tadbirlar yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Mazkur hamkorlik O‘zbekistonda davlat xaridlari tizimini xalqaro tajriba asosida takomillashtirish, barqaror davlat xaridlari amaliyotini bosqichma-bosqich joriy etish hamda davlat buyurtmachilarining institutsional salohiyatini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👏 5
  • 👍 4
  • 🔥 3
  • 🫡 1
Post #566 461
Bugun, Yoshlar kunida Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan muloqot qiladi hamda faol va tashabbuskor yigit-qizlardan bir guruhiga davlat mukofotlarini topshiradi. Shuningdek, davlatimiz rahbari iqtidorli yoshlar bilan uchrashib, ularning turli sohalardagi loyihalari bilan tanishadi.  

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👏 4
  • 👍 3
  • 🔥 3
  • 🫡 1
Post #565 438
🇺🇿 30-iyun — Yoshlar kuni muborak!

Yoshlar — Yangi O‘zbekistonning eng katta boyligi, taraqqiyotining tayanchi va ertangi kun bunyodkorlaridir.
Bugun mamlakatimizda yoshlarning zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi, o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi, innovatsion g‘oyalari va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi ham yoshlarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish, ularning sanoat, ishlab chiqarish, davlat xaridlari va tadbirkorlik sohalaridagi faolligini oshirish hamda yangi g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yo‘lida izchil ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Aziz yoshlar!

Sizlarning bilimga chanqoqligingiz, izlanuvchanligingiz va Vatan ravnaqi yo‘lidagi intilishingiz Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining eng muhim omillaridan biridir.
30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning barcha yoshlarini chin qalbdan tabriklaymiz!

Sizlarga mustahkam sog‘liq, cheksiz shijoat, ulkan marralar, yangi g‘oyalar va barcha ezgu maqsadlaringiz ro‘yobini tilaymiz.

Kelajak siz bilan bunyod bo‘ladi!

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👏 5
  • 👍 4
  • 🔥 4
  • ❤ 1
  • 🫡 1
Post #564 522
🏛️ HAFTALIK DAYJEST | 22–27-iyun, 2026-yil

O'tgan hafta davomida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan quyidagi muhim tadbirlar amalga oshirildi:

▪️ Agentlik hamda Bank-moliya akademiyasi hamkorligida investitsion loyihalarda mahalliylashtirish va qo‘shilgan qiymat yaratishga bag‘ishlangan navbatdagi qisqa muddatli malaka oshirish kursi yakunlandi.

🏦 Elektron kooperatsiya portali ishtirokchilari uchun onlayn kredit xizmati ishga tushirildi. Garant Bank hamkorligida yo‘lga qo‘yilgan yangi xizmat sanoat kooperatsiyasi ishtirokchilarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va ularning savdolardagi ishtirokini kengaytirishga xizmat qiladi.

📍 Agentlik direktori Baxtiyor Xaydarov Namangan viloyatidagi yirik sanoat korxonalari faoliyati, ishlab chiqarish quvvatlari hamda mahalliylashtirish imkoniyatlari bilan tanishdi.

💬 Andijon va Jizzax viloyatlarida ochiq muloqot o‘tkazildi. Uchrashuvlarda tadbirkorlar bilan bir qatorda byudjet buyurtmachilari ham ishtirok etib, davlat xaridlari tizimining har ikki tomoni o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etildi.

🤝 Agentlikda KPMG Uzbekistan vakillari bilan uchrashuv o‘tkazilib, davlat xaridlari va sanoat kooperatsiyasi yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan Anglashuv memorandumi imzolandi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👏 4
  • 👍 3
  • 🔥 3
  • 🫡 1
Post #562 462
➡️Har bir lavha, maqola va reportaj ortida jurnalist, operator, montajchi, fotograf, muharrir va yana ko‘plab fidoyi media vakillarining mehnati mujassam.

🤝 Kadr ortida turib, jamiyatni xolis axborot bilan ta'minlayotgan barcha kasb egalarini samimiy tabriklaymiz!

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 🔥 7
  • 👍 3
  • 🙏 3
  • 🫡 3
Post #561 465
🇺🇿 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni muborak!

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi barcha jurnalistlar, blogerlar, muharrirlar, operatorlar, fotomuxbirlar hamda axborot sohasida fidokorona mehnat qilayotgan barcha media vakillarini kasb bayrami bilan samimiy tabriklaydi.

🔊 Sizning xolis, tezkor va mas'uliyatli faoliyatingiz jamiyatda ochiqlik va ishonchni mustahkamlash, islohotlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishda muhim o‘rin tutadi.

🤝 Agentligimiz OAV vakillari bilan ochiq muloqot va samarali hamkorlikni bundan buyon ham izchil davom ettiradi.


Sizlarga mustahkam sog‘liq, ijodiy muvaffaqiyat va yangi yutuqlar tilaymiz!

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 🔥 5
  • 👏 5
  • 🫡 3
Post #558 494
✔️Agentlik va KPMG Uzbekistan o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida dunyoning yetakchi konsalting kompaniyalaridan biri — KPMG Uzbekistan vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi hamda tomonlar o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.

Hamkorlik doirasida davlat xaridlari tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, institutsional salohiyatni oshirish hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning PF-17 va PF-259-son Farmonlarida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirildi.

Kelishuv quyidagi ustuvor yo‘nalishlarni qamrab oladi:
✔️ davlat xaridlari sohasida kadrlar salohiyatini oshirish va CIPS xalqaro professional sertifikatlash tizimini joriy etish;
✔️ PMO (Loyihalarni boshqarish ofisi) yondashuvlarini tatbiq etish;
✔️ komplayens, forenzik audit, risklarni boshqarish hamda davlat xaridlarida shaffoflik va halollik mexanizmlarini kuchaytirish.


🎤 Uchrashuv yakunida 2026-yil uchun ustuvor qo‘shma loyihalarni shakllantirish hamda har bir yo‘nalish bo‘yicha amaliy hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Mazkur hamkorlik davlat xaridlari tizimini zamonaviy xalqaro amaliyotlar asosida takomillashtirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va tizimning samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👏 9
  • 🔥 6
  • ❤ 4
  • 🫡 2
  • 😍 1
Post #554 591
📍 Andijonda – navbatdagi ochiq muloqot

Hududlarda ochiq muloqotlar davom etmoqda. 24-iyun kuni navbatdagi uchrashuv Andijon viloyatining Baliqchi tumanida bo‘lib o‘tdi. Bu galgi muloqotning o‘ziga xos jihati shundaki, unda tadbirkorlar bilan bir qatorda byudjet buyurtmachilari ham ishtirok etdi. Natijada davlat xaridlari tizimining har ikki tomoni bir maydonda ochiq fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Ochiq muloqotda "Raqamli transformatsiya markazi", "O'zbekekspertiza" AJ, hududiy loyiha ofisi hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
✍️ 60 dan ortiq tadbirkorlik subyekti vakili bevosita qatnashdi. 11 ta hududiy studiya orqali 132 nafar tadbirkor jarayonga onlayn ulandi.

✔️ Muloqot davomida 15 ta muammo va taklif ko'rib chiqildi:
✅ 3 tasi joyida hal etildi;
🎤 2 ta masala yuzasidan tushuntirish berildi;
➡️ 10 tasi tegishli tashkilotlarga yo'naltirildi.


Ochiq muloqotlar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan tadbirkorlarning VI Ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida davom etmoqda – hududlardagi muammolarni aniqlash, amaliy yechimlar topish va tadbirkorlik muhitini yaxshilashga qaratilgan takliflar shakllantirish maqsad qilingan.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👏 5
  • 👍 3
  • 🔥 2
  • ❤ 1
  • 🫡 1
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →