TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.2K subscribers
Post #558 494
✔️Agentlik va KPMG Uzbekistan o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida dunyoning yetakchi konsalting kompaniyalaridan biri — KPMG Uzbekistan vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi hamda tomonlar o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.

Hamkorlik doirasida davlat xaridlari tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, institutsional salohiyatni oshirish hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning PF-17 va PF-259-son Farmonlarida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirildi.

Kelishuv quyidagi ustuvor yo‘nalishlarni qamrab oladi:
✔️ davlat xaridlari sohasida kadrlar salohiyatini oshirish va CIPS xalqaro professional sertifikatlash tizimini joriy etish;
✔️ PMO (Loyihalarni boshqarish ofisi) yondashuvlarini tatbiq etish;
✔️ komplayens, forenzik audit, risklarni boshqarish hamda davlat xaridlarida shaffoflik va halollik mexanizmlarini kuchaytirish.


🎤 Uchrashuv yakunida 2026-yil uchun ustuvor qo‘shma loyihalarni shakllantirish hamda har bir yo‘nalish bo‘yicha amaliy hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Mazkur hamkorlik davlat xaridlari tizimini zamonaviy xalqaro amaliyotlar asosida takomillashtirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va tizimning samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👏 9
  • 🔥 6
  • ❤ 4
  • 🫡 2
  • 😍 1
More from @icppa
  1. Oct 17, 2026🔴Davlat xaridlari bo‘yicha ochiq muloqot boshlanmoqda! Sanoat kooperatsiyasi va davlat xa…
  2. Oct 16, 2026🗣Energetika loyihalarida mahalliy mahsulotlar ulushini oshirish — muhim vazifa Prezidenti…
  3. Oct 16, 2026🔴 Suyultirilgan gaz yetkazib berishda davlat monopoliyasi tugatiladi ❗️ Prezident Shavkat…
  4. Oct 16, 2026✔️ O‘quv kursi doirasida TMK va “Chirchiq” texnoparkiga sayyor mashg‘ulotlar tashkil etild…
  5. Oct 16, 2026🏛️ Jizzaxdagi “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi qanday natijalar berdi? Avtomobilsozlik…
  6. Oct 16, 2026Xitoyning “China Energy” kompaniyasi 8 ta energiya saqlash stansiyasi qurilishida qariyb 4…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →