✔️ Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi hamda Bank-moliya akademiyasi hamkorligida tashkil etilgan “Investitsion loyihalarni boshqarishda mahalliylashtirish va milliy iqtisodiyotda qo‘shiladigan qiymatni rivojlantirish” mavzusidagi navbatdagi qisqa muddatli malaka oshirish o‘quv kursi muvaffaqiyatli yakunlandi.
➡️Mazkur o‘quv dasturiga investitsiya loyihalarini amalga oshirishga mas’ul loyiha ofislarining 21 nafar bosh mutaxassisi jalb etildi.
🎤 Kurs davomida ishtirokchilarga investitsion loyihalarni ishlab chiqish va boshqarishning zamonaviy mexanizmlari, mahalliylashtirish dasturlarini shakllantirish va amalga oshirishning samarali usullari, davlat xaridlari tizimidagi ilg‘or yondashuvlar hamda milliy ishlab chiqarish zanjirlarini rivojlantirish bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar berildi.
🟢 Shuningdek, tinglovchilar investitsiya siyosati samaradorligini oshirish, importga qaramlikni qisqartirish, mahalliylashtirish jarayonlarini jadallashtirish hamda yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirishga qaratilgan ilg‘or yondashuvlar bilan tanishdilar.
💬 O‘quv dasturi yakunida ishtirokchilar mahalliylashtirish ko‘rsatkichlarini oshirish, qo‘shilgan qiymat zanjirlarini rivojlantirish hamda investitsiya loyihalari samaradorligini ta’minlash bo‘yicha amaliy tavsiya va takliflar ishlab chiqdilar.
〰️ Tadbir so‘ngida o‘quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin



