TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.21K subscribers
Post #541 506
📍 Namangan viloyatida sanoat kooperatsiyasi vа mahalliy ishlab chiqarish imkoniyatlari o‘rganildi

Joriy yilning 22-iyun kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori Baxtiyor Xaydarov Namangan viloyatiga tashrif buyurib, hududdagi yirik sanoat korxonalari faoliyati hamda mavjud ishlab chiqarish quvvatlari bilan tanishdi.

Tashrif davomida jami 10 ga yaqin sanoat obyekti faoliyati ko‘zdan kechirildi. Asosiy e’tibor ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirish, yangi mahsulotlarni o‘zlashtirish hamda korxonalar o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish masalalariga qaratildi.
 
Xususan, Chust tumanidagi oziq-ovqat, metallurgiya va qurilish materiallari sanoati korxonalari faoliyati o‘rganildi. Jumladan:

✔️ “Siberian Wellness-Namangan” MCHJ XK tomonidan biologik faol qo‘shimcha va pektin ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishildi. Korxona tomonidan 2026-yilda 20 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.

✔️ “Tai Chang Special Steel” MCHJ XK tomonidan katanka similar va armatura ishlab chiqarish jarayoni ko‘zdan kechirildi. 2026-yilda 1 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi kutilmoqda.

✔️ “MEGATON” MCHJ tomonidan avtoklavt gazablok mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan tanishildi. 2026-yilda 170 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.

✔️ Namangan tumanidagi “Nam Motor Servis” MCHJ tomonidan suv nasoslari va elektrodvigatellar ishlab chiqarish faoliyati o‘rganildi. 2026-yilda 160 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi kutilmoqda.

✔️ Davlatobod tumanidagi “Comfort Cool System” MCHJ tomonidan havo sovitgichli moslamalar (kondensator) ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishildi. 2026-yilda 5 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, “Interior Mega Max” MCHJ tomonidan avtomobil old yoritish chiroqlari ishlab chiqarish jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Korxona tomonidan 2026-yilda 180 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi kutilmoqda.

✔️ Yangi Namangan tumanidagi “Nano Pharmaceuticals” MCHJ korxonasida dori vositalarini ishlab chiqarish jarayoni o‘rganildi. Korxona tomonidan 2026-yilda 80 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi kutilmoqda.

 
🎤 Tashrif davomida hududda sanoat salohiyatini oshirish, yangi investitsiyalarni jalb qilish hamda ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 5
  • 👏 5
  • 🔥 4
  • ❤ 2
More from @icppa
  1. Oct 16, 2026🗣Energetika loyihalarida mahalliy mahsulotlar ulushini oshirish — muhim vazifa Prezidenti…
  2. Oct 16, 2026🔴 Suyultirilgan gaz yetkazib berishda davlat monopoliyasi tugatiladi ❗️ Prezident Shavkat…
  3. Oct 16, 2026✔️ O‘quv kursi doirasida TMK va “Chirchiq” texnoparkiga sayyor mashg‘ulotlar tashkil etild…
  4. Oct 16, 2026🏛️ Jizzaxdagi “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi qanday natijalar berdi? Avtomobilsozlik…
  5. Oct 16, 2026Xitoyning “China Energy” kompaniyasi 8 ta energiya saqlash stansiyasi qurilishida qariyb 4…
  6. Oct 16, 2026Davlatimiz rahbari O‘zbekiston xalqaro energetika hamkorligiga o‘z salohiyati bilan kirib…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →