TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.1K subscribers
Post #1058 904
✔️ Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladi

Joriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda.

❓ Raqamli tizim qachondan ishlaydi?

2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish jarayonlari raqamlashtiriladi.

⚡ Eng muhim kafolatlar

✔️Murojaat qilgan xodimning shaxsiy ma’lumotlari himoya qilinadi.
Bunday ma’lumotlarning qonunchilikda nazarda tutilmagan hollarda oshkor qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
✔️ Rahbar ustidan murojaat tushsa, masala yuqori turuvchi instansiyaga avtomatik yo‘naltiriladi.
Bu manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga xizmat qiladi.
✔️ Murojaat uchun bosim o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.

⛔Qaror materiallarida xodim o‘z huquqlarini himoya qilgani uchun uning ish sharoitlarini yomonlashtirish yoki jazolashga yo‘l qo‘yilmasligi alohida ta’kidlangan.

👍 Zarur holatlarda “112” orqali vakolatli organlarga yuborish mexanizmi ham tizimga integratsiya qilinadi.

📌Bu faqat shikoyat tizimi emas

🔷Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari har yili qisqa trening kurslarida o‘qitiladi. Har bir tashkilotda portalni yuritish va profilaktik treninglarni tashkil etish uchun kamida bir nafar mas’ul xodim belgilanadi.

🔷Nodavlat tashkilotlar uchun ham dmi.mehnat.uz tizimida mazkur imkoniyatlardan ixtiyoriy foydalanish sharoiti yaratiladi.

✔️Qarorning asosiy mazmuni bitta: ish joyidagi tazyiq yoki zo‘ravonlikni yashirish emas, uni xavfsiz bildirish, xolis ko‘rib chiqish va natijasini nazorat qilishning aniq mexanizmi yaratilmoqda.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 🔥 6
  • 👍 3
  • 👏 2
More from @icppa
  1. Oct 3, 2026🇨🇳 Agentlik vakillari Xitoydagi xalqaro seminarni muvaffaqiyatli yakunladi 2026-yil 14–2…
  2. Oct 3, 2026✈️ “Yangi Toshkent xalqaro aeroporti” loyihasiga mahalliy korxonalarni jalb etish bo‘yicha…
  3. Oct 3, 2026✔️Davlat xaridlari bo‘yicha 400 dan ortiq foydalanuvchi sertifikat oldi Davlat xaridlari s…
  4. Oct 3, 2026🇺🇿🇷🇺Rossiya bozoriga eksport imkoniyatlarini kengaytirish va elektron tijorat sohasida…
  5. Oct 3, 2026🏛️ Jizzaxdagi ko‘rgazma yangi sanoat aloqalariga yo‘l ochdi 29–30-sentabr kunlari Jizzax…
  6. Oct 2, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Jizzaxda o‘tkazilgan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasining tafsilotla…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →