TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.08K subscribers
Post #1048 602
🇺🇿🇷🇺 O‘zbekiston va Rossiya: tovarlarning kelib chiqish sertifikatlarini elektron shaklda o‘zaro tan olish

17-sentabr kuni “O‘zbekekspertiza” AJ Bosh direktori U. A’zamxo‘jayev hamda Rossiya Federal bojxona xizmatining O‘zbekistondagi vakili N. Xaryushin o‘rtasida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida tovarlarning kelib chiqish sertifikatlarini elektron shaklda o‘zaro tan olish va qabul qilish bo‘yicha Bitimni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Rossiya O‘zbekistonning eng yirik tashqi savdo hamkorlaridan biri bo‘lib, 2026-yilda aynan Rossiyaga eksport qilinayotgan tovarlar uchun 75 522 ta kelib chiqish sertifikati rasmiylashtirilgan.

Bugungi kunda “O‘zbekekspertiza” AJ tomonidan elektron axborot almashinuvi uchun zarur texnik shart-sharoitlar yaratilgan. Uchrashuv davomida sertifikatlarni elektron shaklda almashish tizimini test rejimida sinovdan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish, jumladan, zarur texnik va tashkiliy choralarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


Mazkur tizim to‘liq ishga tushirilishi bilan eksportyorlar uchun qog‘oz shaklidagi sertifikatlarni taqdim etish zarurati bartaraf etilib, tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilish jarayonini tezlashtirish va yanada shaffof tashkil etishga xizmat qiladi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 4
  • 👏 2
  • 🙏 2
  • ❤ 1
More from @icppa
  1. Oct 5, 2026Davlat xaridlarida yangi elektron skoring tizimi: ishonchli tadbirkorlarga qo‘shimcha imko…
  2. Oct 5, 2026#Market_Signal 📊 Mahalliy ishlab chiqarish bor, ammo $11,2 mlnlik import hamon saqlanib q…
  3. Oct 4, 2026🏛️ HAFTALIK DAYJEST | 28 sentabr – 3 oktabr, 2026-yil Hafta davomida Sanoat kooperatsiyas…
  4. Oct 3, 2026🇨🇳 Agentlik vakillari Xitoydagi xalqaro seminarni muvaffaqiyatli yakunladi 2026-yil 14–2…
  5. Oct 3, 2026✈️ “Yangi Toshkent xalqaro aeroporti” loyihasiga mahalliy korxonalarni jalb etish bo‘yicha…
  6. Oct 3, 2026✔️Davlat xaridlari bo‘yicha 400 dan ortiq foydalanuvchi sertifikat oldi Davlat xaridlari s…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →