TGViewer
"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali "HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali @htoshgaz · 2.28K subscribers
Post #10981 146
🔴Energiya tariflaridagi o‘zgarishlar va aholini qo‘llab-quvvatlash choralari muhokama qilindi

❗️Energiya tariflarini isloh qilish bilan birga aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va gazlashmagan hududlarda elektr energiyasi xarajatlarini kamaytirishga qaratilgan o‘zgarishlar taklif etilmoqda.


⚡️ Elektr energiyasi: yangi me’yor va tejamkorlik

Tabiiy gaz bilan ta’minlanmagan hududlarda isitish mavsumida elektr energiyasining oylik bazaviy me’yorini 200 kVt·soatdan 350 kVt·soatgacha oshirish taklif qilinmoqda. Bunda 201–350 kVt·soat oralig‘idagi iste’mol amaldagi 900 so‘m o‘rniga 650 so‘mdan hisoblanadi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, oyiga 300 kVt·soat elektr energiyasi ishlatadigan xonadon 25 ming so‘m, 350 kVt·soat iste’mol qiladigan xonadon esa 37,5 ming so‘m tejashi mumkin. Yangi me’yor gazlashmagan hududlardagi abonentlarning qariyb 80 foizini qamrab olishi kutilmoqda.

♨️Issiqlik va issiq suv tariflari

Aholi uchun isitish va issiq suv tariflarini 2026-yil 1-noyabrdan respublika bo‘yicha 30 foizga oshirish taklif etilmoqda. Tariflar o‘zgarganidan keyin ham xizmatlar tannarxi bilan ular o‘rtasidagi farq qariyb to‘rt baravar bo‘lib qolishi kutilmoqda.

💰Ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan yordam

2026/2027-yilgi isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga bir martalik 1 million so‘mdan moddiy yordam ajratish rejalashtirilgan. Yordam Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalardan tashqari, belgilangan daromad mezonlariga mos boshqa oilalarni ham qamrab olishi mumkin. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 1 million 17 mingdan ortiq xonadonni qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan.

🔷Kommunal to‘lovlar uchun kompensatsiya

Elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli bazaviy me’yordan oshganda beriladigan kompensatsiya muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilinmoqda. Daromad mezonini kengaytirish orqali qo‘shimcha 166 ming oilani qo‘llab-quvvatlash, 470 ming oilaga esa yordamni yana bir yil davomida davom ettirish rejalashtirilgan.

🔷 Suyultirilgan gaz uchun kompensatsiya

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga oyiga 20 kilogrammgacha suyultirilgan gazning har bir kilogrammi uchun 3 ming so‘mdan kompensatsiya to‘lash taklif etilmoqda. Natijada belgilangan me’yor doirasida ushbu oilalar uchun gazning amaldagi xarajati 2 ming so‘m/kg darajasida saqlanishi ko‘zda tutilgan.

🏡 Uylarni energiya tejamkor qilish uchun 240 mlrd so‘m ajratiladi

«Og‘ir» toifadagi mahallalarda davlat ta’minotidagi oilalarning 3 mingta xonadonini issiqlikni saqlovchi materiallar bilan izolyasiya qilish, energiya tejamkor deraza va eshiklar, quyosh panellari hamda geliokollektorlar o‘rnatish rejalashtirilgan. Bu maqsadlar uchun 240 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.

🔷Ko‘mir, yoqilg‘i va kommunal to‘lovlar uchun yordam

Yoqilg‘i va kommunal xarajatlarni qoplash bo‘yicha yordam oluvchilar doirasini kengaytirish taklif etilmoqda. Bunda Ijtimoiy reyestrdagi oilalardan tashqari, belgilangan daromad mezonlariga mos keladigan oilalar ham qamrab olinishi mumkin.

«Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi orqali kommunal xarajatlarni qoplash uchun BHMning 1 baravarigacha, kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzdorlikni qoplash uchun 5 baravarigacha yordam ko‘rsatish mexanizmlari mavjud. Ko‘mir va boshqa yoqilg‘i xarajatlari uchun BHMning 2 baravarigacha, gazlashmagan hududlarda esa 3 baravarigacha yordam berilishi mumkin.
〰️〰️〰️〰️〰️

OAV uchun Kontent tayyorlash markazida Energetika vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, “Issiqlikta’minoti” AJ hamda “Hududgazta’minot” AJ mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida energiya tariflari islohotlari va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
More from @htoshgaz
  1. Oct 14, 2026🔴Energiya tariflaridagi o‘zgarishlar va aholini qo‘llab-quvvatlash choralari muhokama qil…
  2. Oct 14, 2026Hurmatli iste’molchilar! Mirzo Ulug‘bek tumani 2026-yil 13-oktabr kuni “Mirzo Ulug‘bektuma…
  3. Oct 14, 2026Yosh bolaga nisbatan zo‘ravonlikka aslo toqat qilib bo‘lmaydi, jazo esa muqarrar va murosa…
  4. Oct 14, 2026Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti fil…
  5. Oct 14, 2026Soat 15:25 holatiga ko‘ra, avariya ishlari yakunlanib, aholi ogohlantirilgan holda tabiiy…
  6. Oct 14, 2026Hurmatli iste’molchilar! Toshkent shahri Yangihayot tumani “Tashabbus” MFY hududida, 34-uy…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →