TGViewer
"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali "HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali @htoshgaz · 2.28K subscribers
Post #10968 1.75K
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filialiga tashrif buyurdilar

Bugun Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filialiga tashrif buyurib, korxonaning 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida tabiiy gaz ta’minoti barqarorligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, moddiy-texnik zaxira bazalari, maxsus texnika va asbob-uskunalar, zamonaviy mobil laboratoriya avtomashinasi, quyosh panellari bilan jihozlangan yangi zamonaviy gaz taqsimlash punkti hamda avariya-dispetcherlik xizmati faoliyati atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, mas’ullar tomonidan kuz-qish mavsumida iste’molchilarni tabiiy gaz bilan uzluksiz va xavfsiz ta’minlash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni tezkor bartaraf etish hamda avariya holatlarining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan ma’lumot berildi.

O‘rganish jarayonida deputatlar tomonidan soha faoliyatini yanada takomillashtirish, mavjud muammolarni bartaraf etish va kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazishga qaratilgan taklif hamda mulohazalar bildirildi.

Mazkur tashrif kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini har tomonlama o‘rganish, tabiiy gaz ta’minoti barqarorligini mustahkamlash hamda iste’molchilarga sifatli, xavfsiz va uzluksiz xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirishga qaratildi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati
More from @htoshgaz
  1. Oct 15, 2026😊😊😊😊😊 🤖 Gaz ta’minotiga oid savolingiz bormi? Sun’iy intellekt yordamchisiga yozing!…
  2. Oct 14, 2026🔴Energiya tariflaridagi o‘zgarishlar va aholini qo‘llab-quvvatlash choralari muhokama qil…
  3. Oct 14, 2026🔴Energiya tariflaridagi o‘zgarishlar va aholini qo‘llab-quvvatlash choralari muhokama qil…
  4. Oct 14, 2026Hurmatli iste’molchilar! Mirzo Ulug‘bek tumani 2026-yil 13-oktabr kuni “Mirzo Ulug‘bektuma…
  5. Oct 14, 2026Yosh bolaga nisbatan zo‘ravonlikka aslo toqat qilib bo‘lmaydi, jazo esa muqarrar va murosa…
  6. Oct 14, 2026Soat 15:25 holatiga ko‘ra, avariya ishlari yakunlanib, aholi ogohlantirilgan holda tabiiy…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →