Hurmatli iste’molchilar!
Mirzo Ulug‘bek tumani
2026-yil 13-oktabr kuni “Mirzo Ulug‘bektuman gaz” gaz ta’minoti bo‘limining bildirgisi hamda tuman hokimligi bilan imzolangan chora-tadbirga asosan, Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani “Alisherobod” MFY, Milliy Bog‘ ko‘chasida joylashgan o‘rta bosimli D-219 mm gaz quvurini xavfsiz joyga ko‘chirish ishlari amalga oshiriladi.
Mazkur ishlar “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali “Mirzo Ulug‘bektuman gaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan 2026-yil 15-oktabr kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar bajarilishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan quyidagi MFYlarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:
• “Geofizika”;
• “Alisherobod”;
• “Jasorat”;
• “Iqtidor”;
• “Zakovat”;
• “Chingeldi”;
• “Geologlar”;
• “Temuriylar”;
• “Ijodkor”.
Aholi iste’molchilari:
• Yerli xonadonlar soni — 4 570 ta;
• 33 ta ko‘p qavatli uyda jami 960 ta xonadon.
Ulgurji iste’molchilar: 46 ta.
Uchtepa tumani
2026-yil 14-oktabr kuni “Uchtepatumangaz” gaz ta’minoti bo‘limining bildirgisi hamda Uchtepa tumani hokimligi bilan imzolangan chora-tadbirga asosan, Toshkent shahri Uchtepa tumani “Nurobod” MFY hududidan o‘tgan yer osti D-76 mm va D-57 mm gaz quvurlarining 5 pogon metr qismini aholi va bolalar o‘yingohidan uzoqroq, xavfsiz joyga ko‘chirish ishlari amalga oshiriladi.
Mazkur ishlar “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali “Uchtepatumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan 2026-yil 15-oktabr kuni soat 10:00 dan 19:00 ga qadar bajarilishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan quyidagi MFYlarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:
• “Nurobod”;
• “Hamdust”.
Aholi iste’molchilari:
• Yerli xonadonlar soni — 70 ta;
• Ko‘p qavatli uylardagi xonadonlar soni — 1 310 ta.
Ulgurji iste’molchilar: 14 ta.
Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti iste’molchilarga bosqichma-bosqich qayta tiklanadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.
“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali Matbuot xizmati
Post #10979
2.66K