Hurmatli iste’molchilar!
Toshkent shahri Yangihayot tumani “Tashabbus” MFY hududida, 34-uy oldidan o‘tgan yer osti D-159 mm o‘lchamli o‘rta bosimli gaz quvurida gaz sizib chiqishi holati aniqlandi.
Avariya holatini bartaraf etish maqsadida 2026-yil 14-oktabr kuni soat 12:00 dan tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.
Natijada, mazkur hududdagi 8 ta ko‘p qavatli uy (404 ta xonadon) hamda 2 ta ulgurji iste’molchi tabiiy gaz ta’minotidan vaqtincha uzildi.
Avariya-ta’mirlash ishlari yakunlangach, aholi ogohlantirilib, tabiiy gaz ta’minoti bosqichma-bosqich qayta tiklanadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati
Post #10966
554