TGViewer
"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali "HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali @htoshgaz · 2.28K subscribers
Post #10985 309
#Hududgaz_Poytaxt

📚 Ona tilimiz — milliy g‘ururimiz!

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali va tuman gaz ta’minoti bo‘limlari xodimlari ishtirokida filial binosida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan “Diqqat, umummilliy diktant!” tanlovi tashkil etildi.

✍️ Tanlov davomida ishtirokchilar ona tilimizning boyligi va jozibasi, milliy o‘zligimiz hamda ma’naviy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi mavzularda diktant yozib, o‘z bilim va savodxonliklarini namoyon etdilar.

🏆 Tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, “Hududgaz Poytaxt” GTF Boshlang’ich kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ona tilini qadrlash — millatni qadrlashdir. Zero, ona tilimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromni asrab-avaylash, uning nufuzini oshirish hamda kelajak avlodga sof holda yetkazish har birimizning sharafli burchimizdir.

🔥 “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali Matbuot xizmati
More from @htoshgaz
  1. Oct 15, 2026Hurmatli iste’molchilar! Toshkent shahrining Qoraqamish 2/3 dahasidagi yer osti D-100 mm o…
  2. Oct 15, 2026Главное из выступления Президента Шавката Мирзиёева на седьмом саммите Совещания по взаимо…
  3. Oct 15, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyevning Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashni…
  4. Oct 15, 2026O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Boku shahrida Osiyoda hamkorlik va…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →