Hurmatli iste’molchilar!
Toshkent shahrining Qoraqamish 2/3 dahasidagi yer osti D-100 mm o‘rta bosimli gaz qudug‘i zulfinining flanes qismidan gaz sizib chiqishini bartaraf etish, yer usti stoyagidagi D-50 mm zulfinni almashtirish hamda Sag‘bon 11-tor ko‘chasidagi buzib tashlangan binoga yo‘naltirilgan yer osti D-57 mm o‘rta bosimli gaz quvurini demontaj qilish ishlari “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filialining “Olmazortumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan 2026-yil 16-oktabr kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan, 2026-yil 16-oktabr kuni soat 11:00 dan 18:00 ga qadar quyidagi hududlarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Aholi iste’molchilari:
• “Islomota” MFYdagi 12 ta ko‘p qavatli uy — 572 ta xonadon;
• “Gulsaroy” MFYdagi 11 ta ko‘p qavatli uy — 645 ta xonadon;
• “Chuqursoy” MFYdagi 13 ta ko‘p qavatli uy — 682 ta xonadon;
• “Tepaguzar” MFYdagi 25 ta ko‘p qavatli uy — 1 150 ta xonadon;
• “G‘alaba” MFYdagi 20 ta ko‘p qavatli uy — 849 ta xonadon;
• “Tabassum” MFYdagi 28 ta ko‘p qavatli uy — 1 044 ta xonadon;
• “Paxta” MFYdagi 455 ta hovli xonadon.
Ulgurji iste’molchilar:
• Jami 35 ta ulgurji iste’molchi.
Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanadi.
Tabiiy gaz ta’minotidagi vaqtinchalik uzilish sababli yuzaga keladigan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Iste’molchilardan mazkur holatni inobatga olib, zarur choralarni ko‘rishlarini so‘raymiz.
“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati
Post #11004
1.12K