TGViewer
"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali "HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali @htoshgaz · 2.28K subscribers
Post #10963 2.22K
Hurmatli iste’molchilar!

Toshkent shahrining Shayxontohur va Yunusobod tumanlarida gaz ta’minoti infratuzilmasini ta’mirlash hamda modernizatsiya qilish ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan 2026-yil 14-oktabr kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar ayrim hududlarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Shayxontohur tumani:

“Taxtapul” MFY, Labzak ko‘chasidan o‘tgan yer osti o‘rta bosimli D-426 mm gaz quvurining quduqdagi kompensator qismidan gaz sizib chiqishini bartaraf etish ishlari rejalashtirilgan.

Aholi iste’molchilari:

• “Labzak” MFY: 4 ta ko‘p qavatli uy (240 ta xonadon) va 1 155 ta yerli xonadon;
• “Taxtapul” MFY: 2 ta ko‘p qavatli uy (132 ta xonadon) va 1 101 ta yerli xonadon;

• “Shayxontohur” MFY: 2 071 ta xonadon;
• “Xadra” MFY: 2 069 ta xonadon;
• “O‘rda” MFY: 12 ta ko‘p qavatli uy (882 ta xonadon);

• Chilonzor tumani, “Beshyog‘och” MFY: 3 ta ko‘p qavatli uy (144 ta xonadon);

• Yakkasaroy tumani, “Yunus Rajabiy” MFY: 40 ta yerli xonadon.

Ulgurji iste’molchilar:

• “Labzak”, “Taxtapul”, “Shayxontohur”, “Xadra” va “O‘rda” MFYlari hududida joylashgan 273 ta ulgurji iste’molchi;
• Yakkasaroy tumanida 5 ta ulgurji iste’molchi;
• Chilonzor tumanida 4 ta ulgurji iste’molchi.

Yunusobod tumani:

“Minor” MFY hududida joylashgan yer osti past bosimli D-219 mm gaz quvurini xavfsiz joyga ko‘chirish hamda Shayxontohur tumani, Labzak ko‘chasidagi yer osti o‘rta bosimli gaz qudug‘ini ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan.

Aholi iste’molchilari:

• “Minor” MFY markazidagi 6 dahada joylashgan 32 ta ko‘p qavatli uy (1 700 ta xonadon);
• “Minor” MFYning Gunafsha, Elobod, Xurshid, Minor berk va Dalazor ko‘chalari hududida joylashgan 120 ta yerli xonadon;
• “Turkiston” MFY, Mo‘ykurgon ko‘chasidagi 60 ta yerli xonadon.

Ulgurji iste’molchilar:

• “Minor” MFY hududidagi Minor Jome masjidi, Afg‘oniston elchixonasi hamda MFY hududida joylashgan 15 ta ulgurji iste’molchi.

Mazkur ishlar tabiiy gaz ta’minotining ishonchliligi va xavfsizligini oshirish, iste’molchilarga tabiiy gazni bir me’yorda hamda uzluksiz yetkazib berishni ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Gaz ta’minoti ta’mirlash ishlari yakunlangach, bosqichma-bosqich tiklanadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati
More from @htoshgaz
  1. Oct 14, 2026🔴Energiya tariflaridagi o‘zgarishlar va aholini qo‘llab-quvvatlash choralari muhokama qil…
  2. Oct 14, 2026🔴Energiya tariflaridagi o‘zgarishlar va aholini qo‘llab-quvvatlash choralari muhokama qil…
  3. Oct 14, 2026Hurmatli iste’molchilar! Mirzo Ulug‘bek tumani 2026-yil 13-oktabr kuni “Mirzo Ulug‘bektuma…
  4. Oct 14, 2026Yosh bolaga nisbatan zo‘ravonlikka aslo toqat qilib bo‘lmaydi, jazo esa muqarrar va murosa…
  5. Oct 14, 2026Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti fil…
  6. Oct 14, 2026Soat 15:25 holatiga ko‘ra, avariya ishlari yakunlanib, aholi ogohlantirilgan holda tabiiy…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →