TGViewer
Channel Public Channel
HR Sanoat Qurilish Bank

HR Sanoat Qurilish Bank

@hr_sqb

HR SQB - Yutuqlar sari birgalikda
4000+ jamoa | Amaliyot | Vakansiya | Jamoa hayoti

📩 Rezyume: hr@sqb.uz
🌐 Asosiy kanal @sqbuz


📧 hr@sqb.uz
Subscribers
10.4K
Photos
791
Videos
266
Links
896
Recent Posts 20 shown
Post #1954 1.42K
SQB Raqamli biznes departamentining Raqamli dasturlash xizmati Chakana raqamli yechimlarni ishlab chiqish guruhi katta dasturchi lavozimiga nomzodlarni taklif qiladi.

📌 Asosiy vazifalar: • Biznes talablarini tahlil qilish va ular asosida texnik yechimlar ishlab chiqish. • Backend funksionallarini ishlab chiqish, rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash. • Mavjud tizim va modullarni optimallashtirish, ularning barqarorligi va samaradorligini oshirish. • Ma’lumotlar bazalari bilan ishlash va ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonlarini takomillashtirish. • Integratsiya xizmatlari va interfeyslarini yaratish, sozlash va hujjatlashtirish. • Sifatli kod yozish, testlash, xatoliklarni aniqlash va bartaraf etish. • Kodlarni tekshirish (Code Review), versiyalarni boshqarish va texnik hujjatlarni yuritish. • Dasturchilar ishini muvofiqlashtirish va yangi texnologik yechimlarni joriy etishda ishtirok etish.

📌 Talablar: • Oliy ma’lumot. • Bank yoki IT sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi. • Backend yechimlarini ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash ko‘nikmasi. • Ma’lumotlar bazalari, integratsiyalar va API bilan ishlash tajribasi. • Git va Code Review jarayonlarini bilish. • Tizimlarni monitoring qilish va axborot xavfsizligi talablariga rioya qilish ko‘nikmasi. • O‘zbek tilini bilish.

📩 Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 8.10.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.

_

SQB приглашает кандидатов на позицию старшего разработчика в Группу разработки розничных цифровых решений Службы цифровой разработки Департамента цифрового бизнеса.

📌 Основные задачи: • Анализ бизнес-требований и разработка технических решений. • Разработка, развитие и поддержка backend-функционала. • Оптимизация существующих систем и модулей, повышение их стабильности и производительности. • Работа с базами данных и совершенствование процессов обработки данных. • Создание, настройка и документирование интеграционных сервисов и интерфейсов. • Разработка качественного кода, тестирование, выявление и устранение ошибок. • Проведение Code Review, работа с системами контроля версий и технической документацией. • Координация работы разработчиков и участие во внедрении новых технологических решений.

📌 Требования: • Высшее образование. • Опыт работы в банковской или IT-сфере не менее 3 лет. • Опыт разработки и поддержки backend-решений. • Навыки работы с базами данных, интеграциями и API. • Знание Git и процессов Code Review. • Навыки мониторинга систем и соблюдения требований информационной безопасности. • Знание узбекского языка.

📩 Резюме направлять на: hr@sqb.uz до 8.10.2026.
Post #1953 2.12K
Jamoa — bizning eng katta kuchimiz 💙

Har bir yutug‘imiz zamirida kimningdir halol mehnati, yuksak mas’uliyati va jamoaga bo‘lgan mustahkam ishonchi yotibdi. Gohida bir og‘iz samimiy dalda, gohida esa yelkama-yelka qilingan harakatlar bizni ulkan marralarga olib chiqadi.

Bizni bog‘lab turuvchi rishta — shunchaki ish emas.
Bu — yagona maqsad, qat'iy ishonch va ahil jamoadir.

Chunki bizning asl kuchimiz — jamoamizda.

🌐Telegram | 🌐Instagram |  🌐Facebook
  • ❤ 11
  • 👍 2
  • 🤩 1
  • 🕊 1
  • 🏆 1
Post #1952 3.44K
Oyning eng yaxshi sotuvchisi bo‘lish nimadan boshlanadi?

SQB Xorazm BXOning ikki ilg‘or xodimi — Iskandar Yusupov va Zarina Artikovalarning tajribasida bu savolga javob juda oddiy:

💼“Sotuv mahsulot taklif qilishdan emas, avvalo mijozni tushunishdan boshlanadi” — Iskandar.

🤝“Odamlar bankka faqat xizmat uchun emas, munosabat va e’tibor uchun qaytadi” — Zarina.

Biri yosh va shijoatli, ikkinchisi esa ko‘p yillik katta tajribaga ega. Ammo ikkisini birlashtirgan narsa — o‘z ishiga sadoqat va mijozga samimiy yondashuv!

Ularning bir ish kuni va muvaffaqiyat sirlarini tomosha qiling! 🎬

🌐Telegram | 🌐Instagram |  🌐Facebook
  • ❤ 6
  • 👍 1
  • 🤩 1
Post #1951 2.96K
Bank xodimlarini shokka tushirishning eng oson yo‘li topildi! 😅

Har kuni milliardlab to‘lovlarni, minglab o‘tkazmalarni ko‘zini yumib bajaradigan aqlli va tajribali hamkasblarimizni ozgina sinovdan o‘tkazdik.

Qoida oddiy: iqtisodiy atamalarning harflarini aralashtirib yozdik. Lekin natija... kutilganidan ham qiziq bo‘ldi! 🧠

Hisob-kitob, tig‘iz ish va stress orasida 5 daqiqalik mana shunaqa kulgili battl butun jamoaga bir haftalik kayfiyat va energiya berdi!⚡️

🌐Telegram | 🌐Instagram |  🌐Facebook
  • 👏 18
  • 🤩 13
  • ❤ 9
  • 👍 4
  • 🥰 3
  • 🔥 1
  • 😍 1
  • 🤝 1
Post #1949 3.31K
SQB Xorazm — birgalikda katta natijalar sari! 💙

Har bir katta natija ortida ahil jamoa, o‘zaro ishonch va umumiy maqsad sari birgalikdagi harakat turadi.

SQB Xorazm jamoasi ham o‘z faoliyatida birdamlik, mas’uliyat va mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatishni ustuvor vazifa deb biladi.
Bir maqsad, bir jamoa va birgalikdagi harakat — yangi natijalar uchun mustahkam poydevor.

Siz uchun kuchli jamoaning eng muhim jihati nima? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring.

🌐Telegram | 🌐Instagram |  🌐Facebook
  • 🔥 14
  • ❤ 8
  • 👍 3
  • 🙏 1
  • 💯 1
Post #1945 4.47K
Katta natija ortida — kuchli jamoa va katta imkoniyatlar bor.

1999-yilda SQBda oddiy kassir sifatida ish boshlagan Farhod Hamidov bugun Amir Temur bank xizmatlari markazini boshqaradi. Bu yo‘l — bankdagi karyera birinchi vazifadan, birinchi mas’uliyatdan va doimiy o‘sishdan boshlanishining yorqin misoli.

SQBda tajriba orttirish, yangi vazifalarni o‘z zimmasiga olish, professional rivojlanish va karyera pog‘onalaridan ko‘tarilish uchun imkoniyatlar mavjud.

Bu videoda bir jamoa ichidagi turli karyera yo‘llari, tajriba va yosh mutaxassislarning kelajak sari qadamlari bilan tanishasiz.

Karyerangizni kichik qadamdan boshlang. Katta natijalar esa harakat davomida keladi.

▶️ To'liq videoni YouTube kanalimizda tomosha qiling:
https://youtu.be/MdBg9AKxRQE

🌐Telegram | 🌐Instagram |  🌐Facebook
  • 👍 19
  • ❤ 8
  • 🔥 6
  • 😍 3
  • 🏆 3
  • 👌 2
Post #1944 4.32K

Forwarded from SQB

SQB xodimlari Xalqaro tozalik kunida

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB xodimlari Xalqaro tozalik kuniga bag‘ishlangan ekologiya va sport tadbirlarida faol ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan tadbirlar doirasida bank xodimlari “Yoshlar va ekologiya” xalqaro marafoni hamda “Green Games” respublika plogging musobaqasida qatnashdi.

Tashabbuslar sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ekologik madaniyatni yuksaltirish va atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga qaratildi.

Tadbirlar davomida faol ishtirok etgan xodimlarga Bank tomonidan maxsus sovg‘alar topshirildi.

SQB ekologik mas’uliyat, sog‘lom turmush tarzi va ijtimoiy faollikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslarda ishtirok etishda davom etadi.
__

Сотрудники SQB – участники Международного дня чистоты

Сотрудники АКБ «Узпромстройбанк» приняли участие в экологических и спортивных мероприятиях, приуроченных к Международному дню чистоты.

В рамках мероприятий, организованных Национальным комитетом Республики Узбекистан по экологии и изменению климата, сотрудники Банка стали участниками международного марафона «Молодёжь и экология», а также республиканских соревнований по плоггингу «Green Games» – формату экологического спорта, который объединяет физическую активность и сбор отходов.

Инициативы направлены на популяризацию здорового образа жизни, повышение уровня экологической культуры и формирование ответственного отношения к окружающей среде.

По итогам мероприятий наиболее активные сотрудники были отмечены специальными подарками от Банка.

SQB продолжит участвовать в инициативах, направленных на развитие экологической культуры, популяризацию здорового образа жизни и повышение социальной активности.

📲 Telegram 👥 Facebook 😎 Instagram 🎞 YouTube
  • ❤ 5
  • 🔥 1
  • 👏 1
Post #1943 5.21K
SQB Marketing departamenti Mahsulotlar marketingi xizmati menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Bank mahsulotlarini rivojlantirish, bozor va mijozlar ehtiyojlarini tahlil qilish, marketing kampaniyalarini ishlab chiqish va ularning samaradorligini oshirishga qiziqadigan mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.

📌Asosiy vazifalar:
• Bank mahsulotlarini marketing jihatdan qo‘llab-quvvatlash.
• Bozor va mijoz segmentlarini tahlil qilish.
• Marketing tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
• Bank mahsulotlarini targ‘ib qilish bo‘yicha materiallarni ishlab chiqishda ishtirok etish.
• Mahsulotlarni rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
• Marketing kampaniyalari va mahsulot ko‘rsatkichlari samaradorligini tahlil qilish.
• Analitik materiallar va hisobotlarni tayyorlash.
• Bankning tegishli tarkibiy bo‘linmalari bilan mahsulotlarni rivojlantirish va ilgari surish masalalari bo‘yicha hamkorlik qilish.

📌Talablar:
• Iqtisodiyot, moliya, marketing yoki tegishli yo‘nalishda oliy ma’lumot.
• Bank mahsulotlari bo‘yicha marketing tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish ko‘nikmasi.
• Bozor, raqobatchilar va mijoz segmentlarini tahlil qilish ko‘nikmasi.
• Yangi mahsulotlarni ishlab chiqish va joriy etishda ishtirok etish tajribasi.
• Marketing kampaniyalari va mahsulot ko‘rsatkichlarini tahlil qilish ko‘nikmasi.
• Analitik hisobotlar va prezentatsiyalar tayyorlash qobiliyati.
• Excel/BI vositalari bilan ishlash ko‘nikmasi.
• Bank mahsulotlari va product marketing asoslarini bilish.
• O‘zbek tili — C1, ingliz tili — B2, rus tili — C1.

📍Ish joyi: SQB Bosh ofisi, Tashkent City.

📩Rezyumelarni hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.
  • ❤ 8
  • 🙏 1
Post #1942 5.09K
SQB Moliyaviy menejment markazi Moliyaviy jarayonlarni robotlashtirish va sun’iy intellektni rivojlantirish (AI) xizmati katta menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Machine Learning, generativ sun’iy intellekt va LLM yechimlarini ishlab chiqish, ularni bankning real biznes jarayonlariga joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha tajribaga ega mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.

📌Asosiy vazifalar:
• Machine Learning (ML) servislarini ishlab chiqish va bankning sanoat muhitida ishga tushirish.
• ML modellar uchun inference API’larini ishlab chiqish.
• LLM va generativ AI asosidagi yechimlarni ishlab chiqish, joriy etish va texnik qo‘llab-quvvatlash.
• ML modellar, algoritmlar va operatsion jarayonlar bo‘yicha texnik hujjatlarni ishlab chiqish.
• Modellarning barqarorligi va prognoz aniqligini baholash va testdan o‘tkazish.
• Model arxitekturasi, ma’lumotlar to‘plami va sifat metrikalari bo‘yicha texnik spetsifikatsiyalarni yuritish.
• Ma’lumotlar vitrinasi, hisobotlar va dashboardlarni ishlab chiqish va texnik qo‘llab-quvvatlash.
• Maxfiy ma’lumotlar bilan ishlash talablarini hisobga olgan holda RAG tizimlarini sozlash.
• ML yechimlari samaradorligini baholash va A/B test mexanizmlarini ishlab chiqish.

📌Talablar:
• Amaliy matematika, axborot texnologiyalari, Computer Science yoki tegishli yo‘nalishda oliy ma’lumot.
• Machine Learning va AI yechimlarini ishlab chiqish bo‘yicha amaliy tajriba.
• PyTorch, TorchAudio, scikit-learn, NumPy, pandas bilan ishlash ko‘nikmalari.
• Time-series forecasting, reinforcement learning, Model Predictive Control va deep learning bo‘yicha bilim.
• LLM va Generative AI uchun GPU inference serving, model serving API bilan ishlash tajribasi.
• Docker, Terraform, Redis, production logging, metrics va alerting bilan ishlash ko‘nikmalari.
• Python, C++, Go, SQL, Haskell, JavaScript dasturlash tillarini bilish.
• ClickHouse, MongoDB, Redis, REST API, Node.js, aiohttp, Git bilan ishlash ko‘nikmalari.
• Ingliz tilini bilish (TOEFL 110 darajasi), shuningdek rus va o‘zbek tillarini bilish.

📩Rezyumelarni hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.
  • ❤ 6
Post #1941 4.67K
SQB Bunyodkor bank xizmatlari markazi boshqaruvchisi lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Bank xizmatlari markazi faoliyatini samarali boshqarish, biznes natijalarini oshirish, mijozlarga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish va jamoani natijaga yo‘naltirish bo‘yicha tajribaga ega mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.

📌Asosiy vazifalar:
• BXM faoliyatini boshqarish, Bank strategiyasi va belgilangan biznes-reja ko‘rsatkichlari bajarilishini ta’minlash.
• BXMning moliyaviy natijalari, daromadliligi, samaradorligi va asosiy biznes ko‘rsatkichlari uchun mas’ul bo‘lish.
• Mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati, xizmat standartlari va biznes jarayonlariga rioya etilishini ta’minlash va nazorat qilish.
• Xodimlar faoliyatini boshqarish, KPI va individual reja ko‘rsatkichlari ijrosini nazorat qilish hamda natijadorlikni oshirish.
• BXM xodimlariga biznes-reja va KPI ko‘rsatkichlarini bajarish bo‘yicha topshiriqlar berish, amaliy yordam ko‘rsatish va rivojlantirish.
• BXM faoliyatidagi muammo va kamchiliklarni aniqlash, ularni tezkor bartaraf etish hamda tegishli taklif va hisobotlarni taqdim etish.
• Mijozlarning murojaatlari, e’tiroz va takliflarini o‘rganish, ularning ehtiyojlarini qondirish va xizmat sifatini yaxshilash choralarini ko‘rish.
• BXMning kassa faoliyati va naqd pul muomalasini nazorat qilish, mijozlarning naqd pulga bo‘lgan talabini o‘z vaqtida ta’minlash.
• Bank xizmatlari, ichki hujjatlar, mehnat va boshqa normativ-huquqiy talablar hamda ijro intizomiga rioya etilishini ta’minlash.
• AML/CFT va ichki nazorat talablariga rioya etilishini nazorat qilish.
• Davlat organlari, tashkilotlar, mijozlar va Bankning tegishli tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda BXMning uzluksiz faoliyatini ta’minlash.

📌Talablar:
• Oliy ma’lumot (iqtisodiy yoki boshqa yo‘nalishda).
• Bank tizimida kamida 5 yillik ish tajribasi.

📍Ish joyi: Bunyodkor BXM.

📩Rezyumelarni hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.
  • ❤ 5
Post #1940 5.39K
🔥 Agar barcha savollarga to‘g‘ri javob bergan bo‘lsangiz, reaksiya qoldiring!

Oldinda yanada ko‘proq qiziqarli narsalar kutmoqda.
  • 🔥 181
  • 👍 48
  • 💯 28
  • 🏆 10
  • 🎉 8
  • ❤ 5
  • 👌 5
  • 🤝 3
Post #1939 5.75K
  • 🤝 11
  • ❤ 8
  • 🏆 6
  • 👏 4
  • 👍 2
  • 🎉 2
Post #1938 5.58K
  • 🔥 8
  • 💯 6
  • 👍 4
  • 👌 3
Post #1937 5.43K
  • 🏆 7
  • 💯 5
  • 👍 4
  • 🔥 3
  • ✍ 2
Post #1936 5.1K
⚠️Ko‘pchilik aynan shunday vaziyatlarda xato qiladi.

Siz ham shunday qilarmidingiz yoki to‘g‘ri qarorni tanlarmidingiz?

👇Tekshirib ko‘ring!
  • ❤ 4
Post #1935 6.74K
SQB Axborot texnologiyalari departamentining Mikroservis arxitekturasi xizmati 5-mahsulot jamoasi guruhi dasturchi lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

📌 Asosiy vazifalar:
• Data Governance qoidalarini kod darajasida amalga oshirish.
• Master-ma’lumotlar bazasi va amallarini yuritish (MDM), ma’lumotlar sifati va yaxlitligini ta’minlash.
• Umumbank axborot tizimlarining belgilangan qismlarini dasturlash va funksionallarni ishlab chiqish.
• Modul va funksiyalarni ishlab chiqish, kod sifatini nazorat qilish va testlash.
• Servislar integratsiyasi va ma’lumotlar almashinuvini ta’minlash.
• Kodni tuzatish va optimallashtirish, ma’lumotlar bazalari bilan ishlash.
• Tizimlar integratsiyasida ishtirok etish.

📌 Talablar:
• Oliy yoki tugallanmagan oliy ma’lumot.
• Kamida 2 yillik ish tajribasi.
• Dasturlash, Git, Code Review va Unit Testing bo‘yicha ko‘nikmalar.
• Ma’lumotlar bazalari va tizimlar integratsiyasi bilan ishlash ko‘nikmasi.
• Mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik va stressga chidamlilik.
• Rus yoki ingliz tilini bilish.

📩 Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.

_

SQB приглашает кандидатов на позицию разработчика в Группу 5-й продуктовой команды Службы микросервисной архитектуры Департамента информационных технологий на конкурсной основе.

📌 Основные задачи:
• Реализация правил Data Governance на уровне кода.
• Ведение мастер-данных (MDM), обеспечение целостности и качества данных.
• Программирование и разработка функционала отдельных компонентов общебанковских информационных систем.
• Разработка модулей и функций, контроль качества кода и тестирование.
• Обеспечение интеграции сервисов и обмена данными.
• Отладка и оптимизация кода, работа с базами данных.
• Участие в интеграции систем.

📌 Требования:
• Высшее или незаконченное высшее образование.
• Опыт работы от 2 лет.
• Навыки программирования, работы с Git, Code Review и Unit Testing.
• Навыки работы с базами данных и интеграцией систем.
• Ответственность, инициативность и стрессоустойчивость.
• Знание русского или английского языка.

📩 Резюме направлять на: hr@sqb.uz до 20.09.2026.
  • ❤ 8
  • 🔥 2
  • 🏆 2
  • 🤝 2
  • 👏 1
Post #1934 5.32K
SQB Axborot texnologiyalari departamentining AT tizimlarini qo‘llab-quvvatlashni boshqarish xizmati Korporativ tizimlarni qo‘llab-quvvatlash guruhi kichik menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

📌 Asosiy vazifalar: • Umumbank axborot tizimlari bo‘yicha loyiha va vazifalarni muvofiqlashtirish. • Loyiha talablari va funksional vazifalarni shakllantirish. • Loyiha va vazifalarni rejalashtirish, bajarilishini nazorat qilish. • Loyiha versiyalari va o‘zgarishlarini muvofiqlashtirish. • Loyiha natijalari va bajarilgan ishlar sifatini nazorat qilish. • Testlash, tizimlar integratsiyasi va ma’lumotlar almashinuvi jarayonlarida ishtirok etish. • Aniqlangan xatolarni bartaraf etish jarayonlarini nazorat qilish. • Data Governance, MDM va Data Quality jarayonlarini muvofiqlashtirish.

📌 Talablar: • Oliy yoki tugallanmagan oliy ma’lumot. • Kamida 1 yillik ish tajribasi. • IT-loyihalarni muvofiqlashtirish va vazifalar bajarilishini nazorat qilish ko‘nikmasi. • Loyiha talablari va hujjatlari bilan ishlash ko‘nikmasi. • Mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik va stressga chidamlilik. • Rus yoki ingliz tilini bilish.

📩 Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 20.09.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.

_

SQB приглашает кандидатов на позицию младшего менеджера в Группу поддержки корпоративных систем Службы управления поддержкой ИТ-систем Департамента информационных технологий на конкурсной основе.

📌 Основные задачи: • Координация проектов и задач по общебанковским информационным системам. • Формирование требований к проектам и функциональных задач. • Планирование проектов и задач, контроль их выполнения. • Координация версий и изменений в рамках проектов. • Контроль качества выполненных работ и результатов проектов. • Участие в тестировании, интеграции систем и обмене данными. • Контроль устранения выявленных ошибок. • Координация процессов Data Governance, MDM и Data Quality.

📌 Требования: • Высшее или незаконченное высшее образование. • Опыт работы от 1 года. • Навыки координации IT-проектов и контроля выполнения задач. • Навыки работы с проектными требованиями и документацией. • Ответственность, инициативность и стрессоустойчивость. • Знание русского или английского языка.

📩 Резюме направлять на: hr@sqb.uz до 20.09.2026.
  • ❤ 2
Post #1933 4.13K
SQB Axborot texnologiyalari departamentining AT tizimlarini qo‘llab-quvvatlashni boshqarish xizmati Korporativ tizimlarni qo‘llab-quvvatlash guruhi kichik menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

📌 Asosiy vazifalar:
• Data Governance qoidalarini kod darajasida amalga oshirish.
• Master-ma’lumotlar bazasi va amallarini yuritish (MDM), ma’lumotlar sifati va yaxlitligini ta’minlash.
• Umumbank axborot tizimlarining belgilangan qismlarini dasturlash va funksionallarni ishlab chiqish.
• Modul va funksiyalarni ishlab chiqish, kodni testlash va Code Review jarayonlarida ishtirok etish.
• Servislar integratsiyasi va ma’lumotlar almashinuvini ta’minlash.
• Kodni tuzatish va optimallashtirish, ma’lumotlar bazalari bilan ishlash.

📌 Talablar:
• Oliy yoki tugallanmagan oliy ma’lumot.
• Kamida 1 yillik ish tajribasi.
• Dasturlash, Git, Code Review va Unit Testing bo‘yicha ko‘nikmalar.
• Ma’lumotlar bazalari va tizimlar integratsiyasi bilan ishlash ko‘nikmasi.
• Mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik va stressga chidamlilik.
• Rus yoki ingliz tilini bilish.

📩 Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 20.09.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.

_

SQB приглашает кандидатов на позицию младшего менеджера в Группу поддержки корпоративных систем Службы управления поддержкой ИТ-систем Департамента информационных технологий на конкурсной основе.

📌 Основные задачи:
• Реализация правил Data Governance на уровне кода.
• Ведение мастер-данных (MDM), обеспечение целостности и качества данных.
• Разработка функционала и программирование отдельных компонентов общебанковских информационных систем.
• Разработка модулей и функций, участие в тестировании и Code Review.
• Обеспечение интеграции сервисов и обмена данными. • Отладка и оптимизация кода, работа с базами данных.

📌 Требования:
• Высшее или незаконченное высшее образование.
• Опыт работы от 1 года.
• Навыки программирования, работы с Git, Code Review и Unit Testing.
• Навыки работы с базами данных и интеграцией систем.
• Ответственность, инициативность и стрессоустойчивость.
• Знание русского или английского языка.

📩 Резюме направлять на: hr@sqb.uz до 20.09.2026.
  • ❤ 6
  • 👍 1
  • 🎉 1
  • 🙏 1
Older posts →

About this channel

How can I read @hr_sqb without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for HR Sanoat Qurilish Bank: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does HR Sanoat Qurilish Bank have?
HR Sanoat Qurilish Bank (@hr_sqb) has 10.4K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does HR Sanoat Qurilish Bank know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →