SQB Moliyaviy menejment markazi Moliyaviy jarayonlarni robotlashtirish va sun’iy intellektni rivojlantirish (AI) xizmati katta menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.
Machine Learning, generativ sun’iy intellekt va LLM yechimlarini ishlab chiqish, ularni bankning real biznes jarayonlariga joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha tajribaga ega mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.
📌Asosiy vazifalar:
• Machine Learning (ML) servislarini ishlab chiqish va bankning sanoat muhitida ishga tushirish.
• ML modellar uchun inference API’larini ishlab chiqish.
• LLM va generativ AI asosidagi yechimlarni ishlab chiqish, joriy etish va texnik qo‘llab-quvvatlash.
• ML modellar, algoritmlar va operatsion jarayonlar bo‘yicha texnik hujjatlarni ishlab chiqish.
• Modellarning barqarorligi va prognoz aniqligini baholash va testdan o‘tkazish.
• Model arxitekturasi, ma’lumotlar to‘plami va sifat metrikalari bo‘yicha texnik spetsifikatsiyalarni yuritish.
• Ma’lumotlar vitrinasi, hisobotlar va dashboardlarni ishlab chiqish va texnik qo‘llab-quvvatlash.
• Maxfiy ma’lumotlar bilan ishlash talablarini hisobga olgan holda RAG tizimlarini sozlash.
• ML yechimlari samaradorligini baholash va A/B test mexanizmlarini ishlab chiqish.
📌Talablar:
• Amaliy matematika, axborot texnologiyalari, Computer Science yoki tegishli yo‘nalishda oliy ma’lumot.
• Machine Learning va AI yechimlarini ishlab chiqish bo‘yicha amaliy tajriba.
• PyTorch, TorchAudio, scikit-learn, NumPy, pandas bilan ishlash ko‘nikmalari.
• Time-series forecasting, reinforcement learning, Model Predictive Control va deep learning bo‘yicha bilim.
• LLM va Generative AI uchun GPU inference serving, model serving API bilan ishlash tajribasi.
• Docker, Terraform, Redis, production logging, metrics va alerting bilan ishlash ko‘nikmalari.
• Python, C++, Go, SQL, Haskell, JavaScript dasturlash tillarini bilish.
• ClickHouse, MongoDB, Redis, REST API, Node.js, aiohttp, Git bilan ishlash ko‘nikmalari.
• Ingliz tilini bilish (TOEFL 110 darajasi), shuningdek rus va o‘zbek tillarini bilish.
📩Rezyumelarni hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.
Post #1942
5.11K
- ❤ 6