TGViewer
HR Sanoat Qurilish Bank HR Sanoat Qurilish Bank @hr_sqb · 10.4K subscribers
Post #1941 4.67K
SQB Bunyodkor bank xizmatlari markazi boshqaruvchisi lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Bank xizmatlari markazi faoliyatini samarali boshqarish, biznes natijalarini oshirish, mijozlarga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish va jamoani natijaga yo‘naltirish bo‘yicha tajribaga ega mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.

📌Asosiy vazifalar:
• BXM faoliyatini boshqarish, Bank strategiyasi va belgilangan biznes-reja ko‘rsatkichlari bajarilishini ta’minlash.
• BXMning moliyaviy natijalari, daromadliligi, samaradorligi va asosiy biznes ko‘rsatkichlari uchun mas’ul bo‘lish.
• Mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati, xizmat standartlari va biznes jarayonlariga rioya etilishini ta’minlash va nazorat qilish.
• Xodimlar faoliyatini boshqarish, KPI va individual reja ko‘rsatkichlari ijrosini nazorat qilish hamda natijadorlikni oshirish.
• BXM xodimlariga biznes-reja va KPI ko‘rsatkichlarini bajarish bo‘yicha topshiriqlar berish, amaliy yordam ko‘rsatish va rivojlantirish.
• BXM faoliyatidagi muammo va kamchiliklarni aniqlash, ularni tezkor bartaraf etish hamda tegishli taklif va hisobotlarni taqdim etish.
• Mijozlarning murojaatlari, e’tiroz va takliflarini o‘rganish, ularning ehtiyojlarini qondirish va xizmat sifatini yaxshilash choralarini ko‘rish.
• BXMning kassa faoliyati va naqd pul muomalasini nazorat qilish, mijozlarning naqd pulga bo‘lgan talabini o‘z vaqtida ta’minlash.
• Bank xizmatlari, ichki hujjatlar, mehnat va boshqa normativ-huquqiy talablar hamda ijro intizomiga rioya etilishini ta’minlash.
• AML/CFT va ichki nazorat talablariga rioya etilishini nazorat qilish.
• Davlat organlari, tashkilotlar, mijozlar va Bankning tegishli tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda BXMning uzluksiz faoliyatini ta’minlash.

📌Talablar:
• Oliy ma’lumot (iqtisodiy yoki boshqa yo‘nalishda).
• Bank tizimida kamida 5 yillik ish tajribasi.

📍Ish joyi: Bunyodkor BXM.

📩Rezyumelarni hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.
  • ❤ 5
More from @hr_sqb
  1. Oct 6, 2026SQB Raqamli biznes departamentining Raqamli dasturlash xizmati Chakana raqamli yechimlarni…
  2. Oct 5, 2026Jamoa — bizning eng katta kuchimiz 💙 Har bir yutug‘imiz zamirida kimningdir halol mehnati…
  3. Oct 4, 2026Oyning eng yaxshi sotuvchisi bo‘lish nimadan boshlanadi? SQB Xorazm BXOning ikki ilg‘or xo…
  4. Oct 3, 2026Bank xodimlarini shokka tushirishning eng oson yo‘li topildi! 😅 Har kuni milliardlab to‘l…
  5. Oct 3, 2026SQB Xorazm — birgalikda katta natijalar sari! 💙 Har bir katta natija ortida ahil jamoa, o…
  6. Oct 1, 2026Post #1948
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →