TGViewer
HR Sanoat Qurilish Bank HR Sanoat Qurilish Bank @hr_sqb · 10.3K subscribers
Post #1943 5.31K
SQB Marketing departamenti Mahsulotlar marketingi xizmati menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Bank mahsulotlarini rivojlantirish, bozor va mijozlar ehtiyojlarini tahlil qilish, marketing kampaniyalarini ishlab chiqish va ularning samaradorligini oshirishga qiziqadigan mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.

📌Asosiy vazifalar:
• Bank mahsulotlarini marketing jihatdan qo‘llab-quvvatlash.
• Bozor va mijoz segmentlarini tahlil qilish.
• Marketing tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
• Bank mahsulotlarini targ‘ib qilish bo‘yicha materiallarni ishlab chiqishda ishtirok etish.
• Mahsulotlarni rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
• Marketing kampaniyalari va mahsulot ko‘rsatkichlari samaradorligini tahlil qilish.
• Analitik materiallar va hisobotlarni tayyorlash.
• Bankning tegishli tarkibiy bo‘linmalari bilan mahsulotlarni rivojlantirish va ilgari surish masalalari bo‘yicha hamkorlik qilish.

📌Talablar:
• Iqtisodiyot, moliya, marketing yoki tegishli yo‘nalishda oliy ma’lumot.
• Bank mahsulotlari bo‘yicha marketing tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish ko‘nikmasi.
• Bozor, raqobatchilar va mijoz segmentlarini tahlil qilish ko‘nikmasi.
• Yangi mahsulotlarni ishlab chiqish va joriy etishda ishtirok etish tajribasi.
• Marketing kampaniyalari va mahsulot ko‘rsatkichlarini tahlil qilish ko‘nikmasi.
• Analitik hisobotlar va prezentatsiyalar tayyorlash qobiliyati.
• Excel/BI vositalari bilan ishlash ko‘nikmasi.
• Bank mahsulotlari va product marketing asoslarini bilish.
• O‘zbek tili — C1, ingliz tili — B2, rus tili — C1.

📍Ish joyi: SQB Bosh ofisi, Tashkent City.

📩Rezyumelarni hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.
  • ❤ 8
  • 🙏 1
More from @hr_sqb
  1. Oct 7, 2026🏆 Har bir yuqori natija ortida mas’uliyat, mijozlarga e’tibor va doimiy rivojlanishga int…
  2. Oct 6, 2026SQB Raqamli biznes departamentining Raqamli dasturlash xizmati Chakana raqamli yechimlarni…
  3. Oct 5, 2026Jamoa — bizning eng katta kuchimiz 💙 Har bir yutug‘imiz zamirida kimningdir halol mehnati…
  4. Oct 4, 2026Oyning eng yaxshi sotuvchisi bo‘lish nimadan boshlanadi? SQB Xorazm BXOning ikki ilg‘or xo…
  5. Oct 3, 2026Bank xodimlarini shokka tushirishning eng oson yo‘li topildi! 😅 Har kuni milliardlab to‘l…
  6. Oct 3, 2026SQB Xorazm — birgalikda katta natijalar sari! 💙 Har bir katta natija ortida ahil jamoa, o…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →