Talabalar turar joyida yashayotgan yigit-qizlarimiz holidan xabar oldik. Bir guruh xorijlik hamda birinchi bosqich talabalari bilan muloqot qildik, muammolarini oʻrgandik, takliflarini eshitdik.
Uzoq viloyatlardan kelib, talabalar uyiga joylashgan, oilasidan uzoqda yashay boshlagan yoshlarimiz poytaxt va universitet hayotiga koʻnikib ketishi oson emas. Biz jamoamiz, ustozlar bilan birga ularni qoʻllab-quvvatlab, muammolarini hal etishga koʻmaklashishimiz kerak.
Talabalar yotoqxonada ochiq muloqotlar, uchrashuvlar, turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish taklifini bildirdi. Kelgusida bularning barchasini birgalikda oʻtkazamiz. Buning uchun barchangizdan faollik kutamiz.
@hilola_umarova
Post #2770
11.8K