#auditoriyamiz_afsonalari
“Auditoriyamiz afsonalari” loyihasi uchun tayyorlangan navbatdagi videoni e’tiboringizga havola etmoqchimiz.
Bu safargi qahramonimiz – o‘zbek adabiyotshunosligi, ilmiy folklorshunosligi va she’riyatida o‘chmas iz qoldirgan shoira hamda jonkuyar olima Muzayyana Alaviya.
Universitetimizda tahsil olgan olima yarim asrlik umrini xalq og‘zaki ijodini oʻrganishdan tashqari, folklor durdonalarini to‘plash va o‘rganishga bag‘ishladi.
U Surxondaryo, Qashqadaryo, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarining eng chekka qishloqlariga ilmiy ekspeditsiyalar qilib, u yerdagi keksalar, momolar va baxshilardan yo‘qolib borayotgan qadimiy lapar, marosim qo‘shiqlari va dostonlarni yozib oldi. Olimaning “Oq olma, qizil olma”, “Intizor”, “Dalli” kabi yuzlab qo‘shiq va dostonlar kiritilgan kitoblari o‘zbek folklori xazinasining durdona manbalariga aylandi.
Muzayyana Alaviya o‘zbek xalq og‘zaki ijodi durdonalarini yo‘qolib ketishdan asrab qolgan va ularga qayta hayot bag‘ishlagan matonatli olima va ma’rifatparvar ayoldir. Bunday fidoyi olimalarimiz yanada koʻpaysin!
Video sun’iy idrok yordamida tayyorlandi.
@hilola_umarova
Post #2812
8.29K