Faxriy ustozlarimizni yoʻqladik
O‘qituvchi va murabbiylar bayramida faxriy ustozlar holidan xabar oldik.
Uzoq yillar Davlat va huquq asoslari kafedrasiga rahbarlik qilgan, talabalarga saboq bergan professor Omina Karimova hamda 90 yoshni qarshi olgan, Musiqa fakultetimizda dars bergan dotsent Lola Oʻrmonova xonadonida boʻldim, miriqib suhbatlashdim.
Jamoamiz bilan 50 nafarga yaqin faxriylarimiz holidan xabar olgan boʻlsak, ular duosidan mamnun boʻlib qaytdik.
Ushbu fidoyi insonlar qimmatli bilimi, boy tajribasi va hayotining salmoqli qismini Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti ravnaqi, yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga bag‘ishlagan, universitetimiz rivoji yo‘lida sidqidildan mehnat qilishgan.
Barchangizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, xotirjam va fayzli hayot, farzandlar va shogirdlar ardog‘ida yashash baxtini tilayman.
@hilola_umarova
Post #2802
9.86K