Qadrli ustoz va murabbiylar!
Barchangizni 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan samimiy tabriklayman.
Oʻzbekistonda muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan ta’limga, ustoz va murabbiylarga e’tibor yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.
Davlatimiz rahbari soha xodimlariga yoʻllagan tabrigida “Men Uchinchi Renessansning mustahkam poydevorini aynan fidoyi ustozlar faoliyatida, ularning kasb mahorati, qalb saxovatida koʻraman”, – degan e’tiroflari barchamizning zimmamizga ulkan mas’uliyat yuklaydi.
Men universitetimizda faoliyat olib borayotgan ustozlarni, kelajakda ustoz degan sharafli kasb egasi boʻlishni niyat qilgan talabalarimizni, shu bilan birgalikda respublikamizdagi barcha oʻqituvchi va murabbiylarni samimiy tabriklaymam. Sizlarga salomatlik, oilaviy xotirjamlik, sharafli va mas’uliyatli kasbingizda zafarlar tilayman. Hamisha shogirdlar, yaqinlar ardogʻida yashang!
Davlatimiz rahbari ta’biri bilan aytganda, ustozni e’zozlash – bir kasb egasini emas, butun bir millat kelajagini e’zozlash deganidir.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, muhtaram ustozlar!
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari – Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori
@hilola_umarova
Post #2803
11.8K

- 👏 42
- 👍 13
- 🏆 8
- 🎉 7
- 🙏 4
- 🤝 3
- 🤗 2
- 🕊 1