SubhanAlloh.
Eng sodda va eng samimiy insonlardan biri - bizning o'zbeklar.
Makka va Madinada yoshi ulug' bir insonni ko'rsam, agar chehrasida bolalarcha samimiyat, soddalik va beg'uborlik bo'lsa, ichimdan: "Bu kishi o'zbek bo'lsa kerak", deb o'ylayman. Qiziq tomoni, ko'p hollarda haqiqatan ham o'zbek bo'lib chiqadi.
Huddi gunoh nimaligini bilmaydigan yosh boladek... Ularning nigohi, tabassumi va muomalasida qandaydir poklik bor. Buni so'z bilan tushuntirish qiyin, lekin Makka va Madinada buni juda ko'p his qilganman.
Juda boshqacha, juda ajiyb, yoshlari katta bo'lsa ham huddi yosh go'dakdek tuyuladi menga.
Post #39
192


- 🔥 2