Dunyo aholisining 80% i hech qachon samolyotga chiqmagan. Bu 6.5 milliard odam degani. Har yili atigi 3-5% odam xalqaro parvoz qiladi.
Men buni birinchi marta o'qiganimda biroz to'xtab qoldim. Chunki biz samolyot uchganlar uchun samolyot oddiy narsadek tuyuladi, chipta olasan, aeroportga borasan, uchasаn. Lekin dunyoning aksariyati uchun bu tushuncha umuman boshqa narsa. Ko'pchilik uchun samolyot faqat osmonda ko'rinadigan narsa, xolos. Shaxsan o'zim sayohat qilishni boshlaganimdan keyin ko'p narsaga qarashim o'zgardi. Yangi shahar, yangi madaniyat, yangi odamlar, bularning hammasi seni ichingdan o'zgartiradi. Lekin eng ko'p o'zgartirgan narsa - o'z uyingga qaytganingda qadriga yetishni o'rganishing.
Har bir parvoz. Har bir derazadan ko'rgan manzara. Har bir yangi shaharda bosgan qadam. Bularning barchasi statistik jihatdan kam uchraydigan tajriba ekan.Agar sayohat qilish imkoniyatingiz bo'lsa, qo'yib yubormang.
@gonomad_uz
Post #25
163

- ❤ 3