To'g'ri, hali sayohat orqali daromad qilganim yo'q.
Lekin sayohatlar davomida orttirgan xotiralarim, olgan tajribalarim va dunyoqarashim menga bergan foydani millionlab pul sarflab ham sotib olish qiyin, deb o'ylayman.
Shu paytgacha turli aviakompaniyalar bilan parvoz qilish nasib qildi. Jumladan:
• Centrum Air
• Air Arabia
• flydubai
• Jazeera Airways
• AirAsia
• flynas
Samolyot oynasidan yerga turli vaqtlarda boqishning o'zi alohida bir hissiyot. Tong otishini ham, qoq peshin paytidagi manzaralarni ham, shom kirishini ham, hatto quyoshning chiqishi va botishini minglab metr balandlikdan kuzatish nasib qilgan.
Bularni so'z bilan to'liq tasvirlab berish juda qiyin.
Nasib qilsa, yaqin kunlarda shu mavzuda ham alohida kontent tayyorlayman.
Post #31
721








- 🔥 5
- 👌 1