TGViewer
Go Nomad Go Nomad @gonomad_uz · 27 subscribers
Post #28 281
Bu bizning din, va bizning bayram. 🌙❤️

Umrani tugatganimdan keyin soat minorasida oilaviy aylanayotganimiz esimda. O'shanda Londonlik boshqa bir oilani ko'rib qolganmiz. Soat minorasi ichidagi marketda narxlarni solishtirayotgan ekan - Londondagi narxlar Saudiyadan farq qiladimi deb. Shunchaki "Assalomu alaykum" dedik, shu bitta so'z bilan xuddi yillardan beri tanishdek bo'lib qoldik. Suhbatimiz ancha davom etdi - oila, yashash joyi, kasbi, hayot. Ko'p mavzuda gaplashdik. Ular meni Londonga taklif qildi, men ularni O'zbekistonga.
Tasavvur qiling, hech qanday mansab, irq, rang, tabaqalanish - bulardan birortasi ham gap orasida o'tmadi. Dinimiz bir bo'lgani uchun men uni o'zimdan ustin ko'rdim, u esa meni. Cheksiz hurmat bilan muomala bo'ldi. Bir "Assalomu alaykum" buni qila oladi.

Musulmon qilib yaratgan Robbimizga hamdlar bo'lsin. Kirib kelayotgan Arafa va Eid al-Adha muborak bo'lsin.

P.S: Sochim tagi bilan qirilgani uchun, so'ppini bostirib kiyib olganimga ham yumaloq bo'lib qogan ekanman 😂.
  • ❤ 4
  • 😁 1
More from @gonomad_uz
  1. Jul 19, 2026Sahar tongidagi Madina - butunlay o'zgacha. Atrofni chuqur sukunat qoplaydi, bu sukunat es…
  2. Jul 17, 2026SubhanAlloh. Eng sodda va eng samimiy insonlardan biri - bizning o'zbeklar. Makka va Madin…
  3. Jul 10, 2026To'g'ri, hali sayohat orqali daromad qilganim yo'q. Lekin sayohatlar davomida orttirgan xo…
  4. Jun 21, 2026Welcome to Qatar 🇶🇦 Ba’zan hayotda uzilishlar bo’lib qoladi. Lekin hayotning qiyinchilik…
  5. May 21, 2026Bilarmidingiz…) @gonomad_uz
  6. May 21, 2026Dunyo aholisining 80% i hech qachon samolyotga chiqmagan. Bu 6.5 milliard odam degani. Har…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →