Qatarga bo'lgan sayohat shunchaki sayohat bo'lmadi, balki bu onam bilan dildan suhbat edi.
Dengiz bo'yida, zamonaviy shahar manzarasi oldida iliq, tavsifalab bo'lmas suhbat qurdik. To'g'risini aytsam, onam bilan bunchalik yaqindan hech qachon gaplashmaganman. Dengiz shamoli, kechki ovozlar, sukunat, bularning hammasi suhbatimizni boshqacha qilib qo'ydi. Tasvirlab berishning iloji yo'q, shunchaki his qilish kerak.
O'sha suhbatda onam aytgan eng ta'sirli gap:
"Agar xorijga ketishdan qo'rqsang, bitta narsani yodingda tut. Qaytish uchun chipta har doim sotiladi. Sen istalgan payt avvalgi hayotingga qayta olasan. Lekin agar urinib ko'rmasang, orzu qilgan hayotingni hech qachon topolmaysan."
Onamning bu gapi menga faqat sayohat haqida emas, balki hayotdagi har bir qaror haqida dars bo'ldi. Qo'rqish tabiiy. Lekin qo'rqib qolib ketish — eng katta yo'qotish.
قُلْ سِيرُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ | Travel throughout the land
@gonomad_uz
Post #23
176