TGViewer
Fargʻona IIB | Rasmiy kanal Fargʻona IIB | Rasmiy kanal @fviib_uz · 14.9K subscribers
Post #37246 1.73K
Xotin-qizlar xavfsizligi — e’tibor markazida

Farg‘ona viloyati IIB boshqarma boshlig‘ining tegishli farmoyishiga asosan tashkil etilgan «Ayollar ishchi guruhi» tomonidan O‘zbekiston tumanida xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

Tadbirlar doirasida xonadonbay o‘rganishlar olib borilib, xotin-qizlarning muammolari, oilaviy va ijtimoiy sharoitlari o‘rganildi. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli amaliy choralar belgilandi.

Shuningdek, fuqarolarga kiberjinoyatlar va internet firibgarliklaridan himoyalanish, shaxsiy ma’lumotlarni begona shaxslardan asrash hamda internetdan xavfsiz foydalanish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Ta’lim va tibbiyot muassasalarida qizlar hamda xotin-qizlar bilan uchrashuvlar tashkil etilib, ularning huquqiy savodxonligini oshirish, turli salbiy holatlarning oldini olish va xavfsiz muhitni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


🔹Websаyt | 🔹Telegram |🔹Facebook |🔹Instagram
  • ❤ 5
  • 👍 3
More from @fviib_uz
  1. Oct 9, 2026Internetdagi diniy axborotlarga aldanmang — ishonchli manbani tanlang! “MEZON” platformasi…
  2. Oct 9, 2026Фарғона вилояти ИИБ Кибержиноятларга қарши курашиш бошқармаси оммавий тадбирларда фуқарола…
  3. Oct 9, 2026ЁШ ХОДИМЛАР ВА МУРАББИЙЛАР ИШТИРОКИДА УЧРАШУВ ЎТКАЗИЛДИ Пайшанба — Ёшлар куни доирасида Фа…
  4. Oct 9, 2026Фарғона вилояти ИИБ сизларни огоҳлантиради: шубҳали ҳаволалар орқали уланиб қолиш пластик…
  5. Oct 8, 2026“Уч авлод учрашуви” тадбири Ёшлар куни муносабати билан ИИВ Малака ошириш институти Фарғон…
  6. Oct 8, 2026Фарғонада меҳмонхоналарда киберхавфсизлик бўйича тарғибот тадбирлари ўтказилди Фарғона вил…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →