Firibgarlar fuqarolarga “mablag‘laringizni himoya qiluvchi dastur” niqobi ostida
QORIQCHI.APK nomli zararli faylni ommaviy ravishda yubormoqda.⚠️ Siz ham pulingizdan ayrilib qolishni istamasangiz, quyidagi qoidalarga qat’iy rioya qiling!
❌ Notanish shaxslar tomonidan yuborilgan .APK formatidagi fayllarni ASLO ochmang va o‘rnatmang!
❌ “Kartangizdagi mablag‘ni himoya qiladi”, “hisobingizni xavfsizlantiradi” kabi xabarlarga ishonmang.
⚠️ Bunday zararli dastur hisobingizni himoya qilmaydi. Aksincha, u bank kartangizdagi mablag‘larni yashirin ravishda yechib olishga imkon berishi mumkin.
✅ 🕹 Ilovalarni faqat rasmiy Google Play Market orqali yoki profilaktika inspektorlari tavsiyasiga muvofiq yuklab oling.
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati
Kanalga ulanish 👉 fviib.uz
🔹Websаyt | 🔹Telegram |🔹Facebook |🔹Instagram