Tomorqasidan yaxshi daromad olganlarga yer soligʻining 90 foizi qaytariladi
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-oktabrdagi 547-son qaroriga ko‘ra:
2027-yildan boshlab belgilangan talablarga javob beradigan dehqon va tomorqa yer egalari to‘lagan yer solig‘ining 90 foizi tegishli mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan qaytariladi.
Qaytarish uchun bir sotix yerdan olingan yillik daromad bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan yuqori bo‘lishi kerak.
Shuningdek, yerga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar, soliq qarzdorligi yo‘qligi va boshqa belgilangan shartlar ham hisobga olinadi.
Yangi tartib 2027-yildan Namangan viloyatida sinov tariqasida joriy etiladi. Tajriba natijalari ijobiy bo‘lsa, uni 2028-yil 1-fevralgacha respublikaning boshqa hududlarida ham joriy etish bo‘yicha taklif kiritiladi.
🔝 @foydali_moliya — obuna bo‘ling
Post #5149
7.77K
8529405.pdf1 MB
- 😁 24
- 👍 8
- ❤ 6
- ⚡ 6
- 🔥 5
- 🤝 5