TGViewer
Channel Public Channel
Foydali Moliya

Foydali Moliya

@foydali_moliya

Moliyaviy savodxonlik hamda shaxsiy rivojlanish yoʻnalishida 1-raqamli Oʻzbekzabon kanal.

2023-yil 4-mart sanasidan boshlab faoliyat yuritmoqdamiz.

Reklama va hamkorlik: @moliyachi_admin
Subscribers
51.9K
Photos
2.5K
Videos
628
Links
562
Recent Posts 20 shown
Post #5097 3.98K
💸 VALYUTALAR KURSLARI

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan yangi rasmiy kurslarini eʼlon qildi.

Ushbu valyutalar kurslari 26, 27, 28-sentabr kuni uchun amal qiladi.

​🔔 Eslatma: Tijorat banklarida sotib olish va sotish kurslari biroz farq qilishi mumkin.

🔝 @foydali_moliya — obuna bo‘ling
  • 👍 8
  • ❤ 7
  • 🔥 4
  • 😁 2
  • 🤔 2
Post #5096 4.91K
🏦 Jahon banki hisoboti: Oʻzbekistonda kambagʻallik kamaymoqda, ammo xavf hali ham yuqori

Jahon banki hisobotiga koʻra, 2021–2025-yillar oraligʻida Oʻzbekistonda kambagʻallik darajasi sezilarli pasayib, rivojlanayotgan davlatlar orasida eng yaxshi natijalardan birini koʻrsatdi.


📊 Asosiy raqamlar (2021–2025):

​​Qishloq joylarda: Kambagʻallik darajasi 19,5% dan 6,5% gacha pasaygan (3,4 mln kishidan 1,2 mln kishiga).

​Shaharlarda: Ushbu koʻrsatkich 14% dan 5,3% ga tushgan (2,5 mln kishidan 1,1 mln kishiga).

📌 Yaʼni, iqtisodiy oʻsish va ijtimoiy dasturlar natijasida qishloqlar aholisi shaharliklarga nisbatan tezroq kambagʻallikdan chiqmoqda.

​Hududlarda zaiflik darajasi (Vulnerability rate) saqlanib qolmoqda

Iqtisodiy zaiflik koʻrsatkichi — bu kutilmagan iqtisodiy holatlar (inflyatsiya, ishini yoʻqotish yoki daromad kamayishi) sodir boʻlganda, kimlar kambagʻallik chegarasiga tushib qolish xavfi yuqori ekanini koʻrsatadi.

​Xavf yuqori boʻlgan hududlar:
❤️​Andijon viloyati — 32%
❤️​Qoraqalpogʻiston R. — 28%
❤️​Samarqand viloyati— 27%
❤️​Buxoro viloyati — 26%

Xavf nisbatan past boʻlgan hududlar:
▫️​Toshkent shahri — 2%
▫️Navoiy viloyati — 17%
▫️Namangan viloyati — 18%
▫️Qashqadaryo viloyati — 19%

Hisobot xulosasi: endi eʼtibor kambagʻallikni qisqartirishdan — barcha hududlarda barqaror oʻrta sinfni kengaytirishga qaratilishi kerak.

🔝 @foydali_moliya — obuna bo‘ling
  • 👍 18
  • 🤔 7
  • ❤ 5
  • 🔥 4
  • 💯 4
  • 👏 3
  • 😁 2
Post #5095 5.27K
O‘zini o‘zi band qilgan shaxs yuridik shaxsga xizmat ko‘rsatsa, soliqni kim to‘laydi?

Agar o‘zini o‘zi band qilgan shaxs tovar yoki xizmatini yuridik shaxsga, masalan, MChJga realizatsiya qilsa, belgilangan hollarda soliqni uning o‘zi emas, yuridik shaxs soliq agenti sifatida toʻlaydi.

Bunda soliq to‘lov manbaida ushlab qolinadi.

✔️ Ya’ni, jarayon quyidagicha:
O‘zini o‘zi band qilgan shaxs xizmat ko‘rsatadi → yuridik shaxs soliqni hisoblab, ushlab qoladi → soliq budjetga o‘tkaziladi → qolgan mablag‘ xizmat ko‘rsatuvchiga to‘lanadi.

❗️Mazkur tartib soliq agenti orqali BHMning 12 ming baravarigacha bo‘lgan daromadlarga nisbatan qo‘llaniladi.

🔝 @foydali_moliya — obuna bo‘ling
  • 😁 7
  • 🤝 6
  • ❤ 3
  • 👏 3
  • 👍 2
  • 💯 2
Post #5094 7.09K
Bir kuni... Allohning arqonidan boshqa hamma arqonlar uziladi. Allohning eshigidan boshqa barcha eshiklar yopiladi. Shunday ekan:

☝️ Soʻrasangiz - Undan soʻrang!
☝️ Suyansangiz - Unga suyaning!
☝️ Hech qachon noumid boʻlmang!

🔝 @foydali_moliya — Juma muborak!
  • 👍 77
  • ❤ 25
  • 🔥 13
  • 💯 5
  • 🤝 3
Post #5093 5.91K

Forwarded from Alijon Ravshanov

Agar do'st deganda boshga tushgan muammoni hal qiluvchi tushunilsa, unda Allohdan boshqa do'stim yo'q ekan.

Agar dushman deganda boshga muammo tug'diruvchi tushunilsa, unda o'zimdan boshqa dushmanim yo'q ekan.
  • 👍 119
  • 💯 26
  • ❤ 22
  • ⚡ 5
  • 🔥 5
  • 😁 5
  • 👏 4
  • 🤝 4
Post #5092 6.34K
💸 VALYUTALAR KURSLARI

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan yangi rasmiy kurslarini eʼlon qildi.

Ushbu valyutalar kurslari 25-sentabr kuni uchun amal qiladi.

​🔔 Eslatma: Tijorat banklarida sotib olish va sotish kurslari biroz farq qilishi mumkin.

🔝 @foydali_moliya — obuna bo‘ling
  • 👍 6
  • 🔥 4
  • 👏 4
  • ❤ 3
  • 😁 3
Post #5090 6.35K
OCHLIK VA AQLIY HUSHYORLIK

yoki, nega umrimizda baraka yo‘q?!

Ulug‘lar hayotida ochlik faqat nafsni tarbiyalash vositasi bo‘lmagan. U aqlni o‘tkir, ongni tiniq va insonni doimo hushyor holatda saqlashga xizmat qilgan.

Nega ular to‘qlikdan qochganlar?

Chunki ortiqcha taom tanani og‘irlashtiradi. Tana a’zolarining katta qismi hazm uchun safarbar qilinadi, uyquchanlik va sustlik paydo bo‘ladi. Tana huzurga berilishi bilan aql ham sokinlashadi. Insonning tashqi ta’sirlarga sezgirligi pasayadi.

Ochlikda esa butunlay boshqa holat yuzaga keladi!

Organizm ozuqa kamayganini sezib, o‘z imkoniyatlarini tejamkorlik bilan ishlata boshlaydi. Inson ovoz, harakat va atrofidagi o‘zgarishlarga sezgirroq bo‘ladi. Miya odatiy to‘qlik uyqusidan chiqadi. Aql mavhumlikdan xalos bo‘lib, aniq maqsadga yo‘naladi.

Bu tasodif emas. Ochlik — tirik mavjudot uchun xavf belgisidir. Me’yordagi ochlik organizmning eng qadimiy "hushyorlik mexanizmlari"ni ishga tushiradi.

Ajdodlarimiz "neyrobiologiya" yoki "metabolik moslashuv" haqida bilishmagan, bu tabiiy. Ammo bu jarayonlarni o‘z tanalarida his qilganlar. Shuning uchun kam yeganlar, kam uxlaganlar va tunlarini ibodat hamda tafakkur bilan o‘tkazganlar.

Ularning xotirasi, mushohadasi va fikrlash quvvati haqida keltirilgan hikoyatlar kishini hayratga soladi. Bir marta eshitganini eslab qolish, murakkab savollarga darhol javob berish, insonning ichki holatini bir qarashda anglash — bularning barchasida ruhiy kamolot bilan bir qatorda doimiy aqliy hushyorlik ham namoyon bo‘ladi.

To‘qlik insonni faqat jismonan emas, fikran ham "komfort hududi"ga kiritadi. Unda xavfni sezish, voqelikni tahlil qilish va haqiqatni izlash ehtiyoji susayadi. Nafs tinchlanganday ko‘rinadi, aslida esa u insonning irodasini uxlatadi.

Bugungi inson esa doimo to‘q!

U qorni ochgani uchun emas, vaqti kelgani uchun ovqatlanadi. Asabiylashsa ham yeydi, zeriksa ham yeydi, xursand bo‘lsa ham yeydi. Natijada miya kunning katta qismini ovqat hazm qilish bilan bog‘liq fiziologik og‘irlik holatida o‘tkazadi.
Keyin esa diqqat tarqoqligi, xotira susayishi, fikrlashdagi og‘irlik va doimiy uyquchanlikdan shikoyat qilamiz.

Albatta, uzoq davom etadigan yoki nazoratsiz ochlik aqliy faoliyatni kuchaytirmaydi. Aksincha, quvvatsizlik, diqqat pasayishi va sog‘liq bilan bog‘liq muammolarga olib kelishi mumkin. Gap me’yor, iroda va ongli tarzda nafsni boshqarish haqida ketmoqda.

Ulug‘lar ochlik bilan aqllarini quvvatdan mahrum qilmaganlar. Ular aqlni ortiqcha taom, uyqu va g‘aflatning yukidan ozod qilganlar.

Chunki qorin haddan tashqari to‘yganda tana uxlaydi. Tana uxlaganda esa qalbning ovozi eshitilmay qoladi.
Ehtimol, ajdodlarimiz ochlikni shuning uchun ham ma’qul ko‘rishgandir: u insonni zaif emas, hushyor qilgan. U nafaqat qorinni bo‘shatgan, balki aql va qalbda haqiqat uchun joy ochgan!

Endi bir o‘ylab ko‘ring: qorningiz och bo‘lmasa ham tushlik qilasiz, kechki ovqat yeysiz. Sustlashib yurasiz, lanj bo‘lasiz, vaqt va ishning barakasi yo‘q. Tanish holatmi? Unday bo‘lsa, harakatni bugundan boshlang.

🔝 @foydali_moliya — obuna bo‘ling
  • 🤝 28
  • 💯 20
  • ❤ 15
  • 👍 8
  • ⚡ 3
  • 👏 3
  • 😁 3
  • 🔥 2
  • 😢 1
Post #5089 6.53K
🎓 O‘qishning kechi yo‘q: Oʻzbekistonda 40 yoshdan katta talabalar soni 53 mingdan oshdi

Bugungi kunda ta’lim olish faqat yoshlarga xos degan qarash asta-sekin o‘zgarmoqda.

🏢 Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yilida O‘zbekistondagi oliy ta’lim tashkilotlarida 40 yosh va undan katta 53 483 nafar talaba tahsil olmoqda.

Bu ko‘rsatkich 2010/2011 o‘quv yiliga nisbatan qariyb 87 baravar oshgan. O‘sha davrda 40 yoshdan katta talabalar soni atigi 616 nafar edi.

📈 Yillar kesimida:
🔹 2020/2021 — 10,1 ming nafar
🔹 2022/2023 — 20,2 ming nafar
🔹 2023/2024 — 36,1 ming nafar
🔹 2024/2025 — 44 ming nafar
🔹 2025/2026 — 53,5 ming nafar

Bu raqamlar shuni koʻrsatadiki, bilim olish, kasb o‘rganish yoki o‘z ustida ishlash uchun yosh chegarasi tobora ahamiyatini yo‘qotmoqda.

🔝 @foydali_moliya — obuna bo‘ling
  • 🔥 34
  • 👍 17
  • ❤ 11
  • 😁 8
  • ⚡ 3
  • 👏 3
Post #5088 6.38K
Hech qachon baxt va’da qilma!

Boshlovchi:
— Singapur dunyoning eng boy 20 ta davlati ro‘yxatiga kirgan va ayni paytda eng baxtsiz odamlar roʻyxatidan ham ular joy olishgan. Bunga sabab nima deb oʻylaysiz?

Singapurlik amaldor:
— Li Kuan Yu "hech qachon baxt vaʼda qilma" der edi. Odamlarga iqtisodiy rivojlanish, infratuzilma, taʼlim kabilarni vaʼda qilish mumkin, lekin baxtni emas. Baʼzan baxtsizlik yutuq sharti boʻlishi mumkin!

🔝 @foydali_moliya — obuna bo‘ling
  • ❤ 31
  • 👍 21
  • 🔥 7
  • 💯 7
  • 😁 5
  • 🤝 4
Post #5087 6.54K
💡 Rahbarlikning uch oltin qoidasi

Boshqaruv san’ati oddiy ko‘rinishi mumkin, lekin uning tagida chuqur tamoyillar bor. Ayniqsa, quyidagi uchta qoida – oltin asos deyiladi:

Sovuq miya – qaror qabul qilayotganda hissiyotlarga berilmaslik, vaziyatni oqilona tahlil qilish va oqibatlarni oldindan ko‘ra bilish.

Qaynoq yurak – odamlarni tushunish, jamoaga mehr bilan yondashish, ularni ruhlantirish va yonida turish.

Toza qo‘l – halollik, adolat va poklik. Shaxsiy manfaat emas, balki umumiy maqsad yo‘lida xizmat qilish.

Bu uch fazilatni o‘zida uyg‘unlashtira olgan inson – chinakam rahbar hisoblanadi.

🔝 @foydali_moliya — obuna boʻling
  • 👍 49
  • 🔥 14
  • ❤ 7
  • 🤝 5
  • ⚡ 4
  • 😁 1
Post #5086 6.13K
Orzu bo‘lsa — pul topiladi

TBC Bank’ning onlayn krediti bilan muhim ishlarni keyinga surish shart emas: xoh u uyingiz shinamligi, xoh sayohat yoki shaxsiy biznes bo‘lsin. TBC UZ ilovasida ariza qoldiring va minutda javob oling:

✅ 100 mln so‘mgacha
✅ garov, kafillar va ortiqcha hujjatlarsiz
✅ hatto dam olish kunlari ham


Orzuingiz bitta ariza bilan amalga oshishi mumkin.

Batafsil shartlar
  • 👏 6
  • 😢 6
  • 😁 5
  • 🤔 5
  • ❤ 4
Post #5085 6.51K
💸 VALYUTALAR KURSLARI

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan yangi rasmiy kurslarini eʼlon qildi.

Ushbu valyutalar kurslari 24-sentabr kuni uchun amal qiladi.

​🔔 Eslatma: Tijorat banklarida sotib olish va sotish kurslari biroz farq qilishi mumkin.

🔝 @foydali_moliya — obuna bo‘ling
  • 👍 8
  • ❤ 3
  • 👏 3
  • 😁 2
  • 😢 2
Post #5084 6.96K
Qaysi hudud aholisining banklar oldidagi qarzi ko‘p?

1-avgust holatiga O‘zbekistonda jismoniy shaxslarning banklardan olgan kreditlari qoldig‘i 239,8 trln so‘mni tashkil etgan.

Buning qariyb 30 foizi Toshkent shahri aholisining hissasiga to‘g‘ri keladi.

Aholining banklar oldidagi kredit qarzi hududlar bo‘yicha quyidagicha:

🔵 Toshkent shahri — 70,9 trln so‘m
🔵 Samarqand — 17,8 trln so‘m
🔵 Farg‘ona — 17,2 trln so‘m
🔵 Andijon — 15,7 trln so‘m
🔵 Qashqadaryo — 15,6 trln so‘m
🔵 Toshkent viloyati — 13,9 trln so‘m
🔵 Surxondaryo — 13,8 trln so‘m
🔵 Xorazm — 13 trln so‘m
🔵 Navoiy — 12,7 trln so‘m
🔵 Qoraqalpog‘iston R. — 11,8 trln so‘m
🔵 Buxoro — 12 trln so‘m
🔵 Namangan — 11,3 trln so‘m
🔵 Jizzax — 8,6 trln so‘m
🔵 Sirdaryo — 5,6 trln so‘m

🔝 @foydali_moliya — obuna bo‘ling
  • 😱 28
  • 👍 8
  • ❤ 7
  • 😁 4
  • 👏 3
  • 😢 3
  • 🤝 3
Post #5083 8.16K
🛡 Zararli APK fayllardan himoyalanish yoʻli bormi?

Toshkent shahar IIBB masʼul xodimining maʼlum qilishicha, zararli dasturlarni aniqlash uchun "APK qoʻriqchi" nomli himoya dasturi ishlab chiqilgan.

Bu dastur orqali zararli fayllarni aniqlab, tozalash imkoni bor ekan.

🔝 @foydali_moliya — obuna bo‘ling
  • 👏 10
  • 👍 6
  • 🔥 6
  • 😁 4
  • ❤ 2
  • 🤝 2
Post #5082 7.54K
#motivatsiya

Boshqalar sizdan kutganidek emas, oʻzingiz xohlaganingizdek yashang!

Boshqalar kutganidek boʻlmasangiz, oʻzingizni oqlashga majbur emassiz.

Yutuqlaringizni ham, magʻlubiyatlaringizni ham yukini oʻzingiz koʻtarasiz.

✊ Oʻzingizga ishoning!

🔝 @foydali_moliya — obuna bo‘ling
  • ❤ 45
  • 👍 30
  • 💯 9
  • ⚡ 6
  • 🔥 5
  • 😁 1
Post #5081 6.89K
❗️Hozirda ko‘pchilik uy xarid qilmoqchi bo‘lgan fuqarolarni qator savollar qiynaydi. Qaysi quruvchi eng ishonchi? Qaysi joydan uy-joy xarid qilsam aldanib qolmayman?

❓Xo‘sh, o‘zi bu muammoning ildizi qayerda?

⚡️Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi masalani hal qilish uchun qanday yechim taklif qiladi?

📹 Batafsil videoda

🔝 @foydali_moliya — obuna bo‘ling
  • 🔥 5
  • 🤝 5
  • ❤ 4
  • 👍 2
  • 🤔 2
  • 😁 1
Post #5080 6.33K
«Asia Alliance Bank» ATB xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda: BAAning eng yirik banki - First Abu Dhabi Bank (FAB) bilan kelishuv imzolandi
Birlashgan Arab Amirliklariga amalga oshirilgan biznes tashrifi doirasida «Asia Alliance Bank» ATB vakillari mintaqaning yetakchi moliyaviy institutlaridan biri va Birlashgan Arab Amirliklarining eng yirik banki — First Abu Dhabi Bank (FAB) rahbariyati bilan muvaffaqiyatli uchrashuv o‘tkazdilar.
 
Muzokaralarning asosiy natijasi «Asia Alliance Bank» ATBning FAB bazasida Birlashgan Arab Amirliklari dirhami (AED)da korrespondent hisobvarag‘ini ochish bo‘yicha strategik kelishuvning imzolanishi bo‘ldi.
First Abu Dhabi Bank bilan hamkorlik Bankning xalqaro korrespondentlik tarmog‘ini rivojlantirishda yangi bosqichni boshlab beradi. Mazkur hisobvaraqning ochilishi xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirish, mijozlar uchun transchegaraviy operatsiyalarni amalga oshirish tezligi va samaradorligini oshirish, shuningdek, Yaqin Sharqdagi yetakchi moliyaviy institutlar bilan aloqalarni yanada mustahkamlash imkonini beradi.
Mazkur qadam «Asia Alliance Bank» ATBning global moliyaviy tizimga integratsiyalashuv va bankning xalqaro bozordagi mavqeini mustahkamlashga qaratilgan izchil strategiyasini yana bir bor tasdiqlaydi.

Alliance Pay | Instagram | Facebook | YouTube | Telegram | aab.uz
  • 👍 7
  • 🔥 5
  • ❤ 3
  • 👏 3
  • ⚡ 2
  • 😁 1
Post #5079 6.99K
💸 VALYUTALAR KURSLARI

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan yangi rasmiy kurslarini eʼlon qildi.

Ushbu valyutalar kurslari 23-sentabr kuni uchun amal qiladi.

​🔔 Eslatma: Tijorat banklarida sotib olish va sotish kurslari biroz farq qilishi mumkin.

🔝 @foydali_moliya — obuna bo‘ling
  • 👍 8
  • ❤ 5
  • 👏 4
  • 🤔 2
  • 😢 2
  • 😁 1
Post #5078 6.62K

Forwarded from MM "MUFEED MOLIYA"

Nega bizga doim kamdek tuyuladi?

Biz doim deyarli bir xil gapni eshitamiz: Yaxshiroq yashashni xohlaysanmi, ko‘proq pul top. Ko‘proq topdingmi, o‘zingga ko‘proq narsani ravo ko‘rishing mumkin. Keyin yana ko‘proq pul top.

Bir qarashda hammasi mantiqli. Men ham inson o‘sishi, ko‘proq daromad topishi va kapital yaratishi kerak, deb hisoblayman. Lekin bitta muammo bor. Ko‘pincha daromadimiz oshishi bilan ehtiyojlarimiz ham xuddi shunday tezlikda oshib boradi.

15 mln so‘m topardingiz, 12 mln so‘mga yashardingiz. Daromadingiz 25 mln so‘mga chiqdi va negadir endi 22 mln kerak bo‘lib qoldi, ba’zida esa 30 mln ham yetmaydi. Yaxshiroq mashina. Yangiroq telefon. Qimmatroq dam olish. Restoranlarga tez-tez borish. Keyin atrofingizdagi odamlar ham o‘zgaradi va daromadingiz darajasida sizga nimalar “yarashishi” haqida yangi tasavvurlar paydo bo‘ladi.

Natijada inson haqiqatdan ham ancha ko‘proq pul topa boshlaydi, lekin qo‘lida qoladigan erkin pul deyarli ko‘paymaydi.

Eng qizig‘i, “menga yetadi” degan tuyg‘u ham paydo bo‘lmaydi. Chunki har safar o‘zingizning “yetarli” darajangizga yaqinlashganingizda, u sizdan yana biroz uzoqlashadi...

Islomda juda muhim bir tushuncha bor: qanoat, ya’ni Yaratgan sizga bergan narsadan rozi bo‘lish. Ba’zida qanoatni “kamiga rozi bo‘l, ko‘p narsaga intilma” deb tushunishadi. Lekin bu unday emas.

Qanoat sog‘lom ambitsiyaning yo‘qligi emas. Kambag‘allik emas. Va albatta, kamroq pul topishga chaqiriq ham emas.

Aksincha, ko‘proq daromad toping. Biznes qiling. Investitsiya qiling. Kapital yarating. Lekin shu bilan birga sizga aslida qancha yetarli ekanini tushunishni o‘rganing.

Tasavvur qiling, oila 15 mln so‘m daromad topib, 12 mln so‘m sarflardi. Keyin daromadi 30 mln so‘mga chiqdi.
Nega endi xarajatlar ham darhol 30–40 mln so‘mgacha oshishi kerak? Agar oilaga normal va komfortli hayot uchun 15–17 mln so‘m yetarli bo‘lsa, qolgan pulni avtomatik ravishda yangi iste’mol darajasiga aylantirish shart emas.

Bu investitsiya, jamg‘arma, sadaqa va kelajakdagi moliyaviy erkinligingiz bo‘lishi mumkin. Va aynan shu yerda qanoat faqat ma’naviy fazilat emas. U juda kuchli moliyaviy ko‘nikmaga ham aylanadi.

Ichida qanoati bor insonga o‘ziga: “Boshqalarning mashinasi zo‘rroq ekan, deb menga ham yangi mashina kerak emas”, deyish ancha oson. Daromad oshgani uchun har safar iste’mol darajasini ham oshirish shart emas. Muvaffaqiyatli bo‘lib qolganingizni doim boshqalarga isbotlab yurish ham shart emas.

Ya'ni boylikdan voz kechish kerak emas. Chunki u juda katta imkoniyatlar beradi: oilani ta’minlash, boshqalarga qaram bo‘lmaslik, investitsiya qilish, odamlarga yordam berish, ish o‘rinlari yaratish, sadaqa qilish. Lekin pul siz uchun ishlashi bilan butun hayotingiz doim o‘sib borayotgan istaklaringiz uchun ishlashi o‘rtasida juda katta farq bor.

Shuning uchun, balki shaxsiy moliyadagi eng muhim savollardan biri “Men qancha pul topishni xohlayman?” emas, balki “Menga aslida qancha yetarli?” degan savoldir.

Chunki o‘zingiz uchun “yetarli” degan chegarani o‘zingiz belgilamasangiz, uni siz uchun reklama, atrofingizdagi odamlar va nafsiingiz belgilaydi. Ularning javobi esa deyarli har doim bitta: “Yana ozgina.”

@chiroylimoliya nafsingizni jilovlang
  • 👍 39
  • ❤ 25
  • 🤝 15
  • ⚡ 8
  • 💯 7
  • 😁 1
Older posts →

About this channel

How can I read @foydali_moliya without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Foydali Moliya: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Foydali Moliya have?
Foydali Moliya (@foydali_moliya) has 51.9K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Foydali Moliya know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →