🤑 Oʻzbekiston aholisining banklardan qarzi 243,6 trillion soʻmdan oshdi
2026-yil 1-sentabr holatiga koʻra, Oʻzbekistonda jismoniy shaxslarning banklardan olgan kreditlari qoldigʻi 243,6 trln soʻmni tashkil etdi.
Yil boshida bu koʻrsatkich 220,3 trln soʻm edi. Sakkiz oy ichida aholining banklar oldidagi qarzdorligi 23,3 trln soʻmga yoki 10,6% ga koʻpaydi.
👍 Odamlar qanday maqsadlarda kredit olishmoqda?
🔵Ipoteka kreditlari — 89,7 trln soʻm
🔵Mikroqarzlar — 51,3 trln soʻm
🔵Mikrokreditlar — 48,2 trln soʻm
🔵Avtokreditlar — 41 trln soʻm
🔵Taʼlim kreditlari — 6,85 trln soʻm
🔵Isteʼmol kreditlari — 502 mlrd soʻm
🔵Boshqa kreditlar — 6,1 trln soʻm
👍 Jami kreditlarning 130,8 trln soʻmi davlat banklari, 112,8 trln soʻmi esa xususiy banklar hissasiga toʻgʻri keladi.
🔝 @foydali_moliya — obuna bo‘ling
Post #5152
6.84K

- 😱 28
- 😢 17
- ❤ 9
- 👍 8
- 🔥 4
- 👏 4
- 😁 4