TGViewer
Channel Public Channel
F Λ R M O N O V

F Λ R M O N O V

@farmonoff

Менинг каналим. Ёзганларим ўзимга ёқади.

Саволлар https://t.me/+AZCm0vbV69M2ZjEy
Subscribers
348
Photos
283
Videos
44
Links
496
Recent Posts 19 shown
Post #1239 767
2018-yildan beri dizayn sohasidaman. Bu sohada ko'rmagan stressim qolmadi, ajablanishim juda qiyin 😄

Barcha turdagi takliflarga ochiqman. Dizayn bo'yicha istalgan darajadagi ishni qila olaman va qildira olaman.

Portfolio:
https://nurjahon.framer.ai/

Vakansiyalar bo'lsa telegramda
@nurjahon_farmonov akkauntida bo'laman.
  • 🤯 9
  • 🔥 3
  • ❤ 1
Post #1238 490
F Λ R M O N O V Rahmat 🫡 Tilaklarim emas, layfxaklarim bor temgdoshlarimga. Shon-shuhrat, kimgadir past ketish evaziga keladigan moddiyat yoki hokimiyat ortidan quvmang. Hech kimga, bugun sizni ro’yxatlarga qo’shayotgan, davraning to’riga chiqarayotgan odamlarga ham ishonmang…
Kamolot davrida yurganimda ham keyin ham shu holatni ko’rdim. Kimningdir jiyani, shogirdi sifatida yuzaga chiqqanlar tez so’nishgan. Lekin o’sha vaqtda kichik harakatlar, sabr bilan o’sib kelganlar hozir hammasi xususiyda ham davlat tashkilotida ham yoshlar sohasida ham yaxshi ishlar qilib kelyapti. O’sha jiyanlar va shogirdlar yo’q hech qayerda.

Nega bunaqa narsalarni aytyapman? Faoliyatingizni qaysidir qismida siz ham shu to’siqqa dush kelishingiz mumkin, bu sistemaning kamchiligi. Yoki o’zingiz shunaqa yordam xohlashingiz mumkin, yengillik hammaga yoqadi.

Lekin ikkala holat ham sizga salbiy effekt beradi. Sizni ko’taradigan ham odam qiladigan ham shu vaqt va intizom sinovidan o’tadigan mehnat. Men tanigan hamma odamlar aynan shunaqa kichik qadamlar bilan shu kunlarga va martabalarga kelishgan.

Bugun bayram, bunaqa post yozmoqchi emas edim, esimga tushib qoldi. Faqat iltimos, bu g’irt noliydigan odam ekan, inqillab nolishdan boshqasini bilmas ekan deb tushunmanglar. Men o’zbekman, shu vatanni yoshlaridanman, berilgan imkoniyatlardan maksimal bo’lmasa ham qo’ldan kelgancha eplab kelyapman 😄
  • ❤ 4
Post #1237 588
F Λ R M O N O V Bayroq o'zi kelib chiqishi juda qiziq bo'lgan. Wikipediada muallif Farhod Yoʻldashev deb berilgan. Kelajagi buyuk avlod hisoblangan biz, maktabda o'qigan kitoblarimizda Islom Karimov deb berilgan. Tor davralarda esa gerbni ham bayroqni ham bir odam, rassom…
Rahmat 🫡

Tilaklarim emas, layfxaklarim bor temgdoshlarimga. Shon-shuhrat, kimgadir past ketish evaziga keladigan moddiyat yoki hokimiyat ortidan quvmang. Hech kimga, bugun sizni ro’yxatlarga qo’shayotgan, davraning to’riga chiqarayotgan odamlarga ham ishonmang, ular uchun siz vositasiz, sizning harakatingiz yoki “nimadiringiz” kerak. Shu “nimadir” tugasa yana poygakdan ko’chaga qarab tepishadi 🙂

Har doim bazani mustahkam qilish kerak. Sizni hamma narsa tashlab ketadi, faqatgina sof ilm, kuchli baza qoladi. Bu hypelar, qiy-chuvlar o’tadi, jamiyat yana ilm ustalariga ehtiyoj sezadi. Ana shunda siz shuncha yillik ilmingiz, mehnatingiz bilan sahnaga chiqib kelasiz, hurmat topasiz.

Ko’proq harakatda bo’ling, ko’proq o’qing, ko’proq parhez qiling. O’z yo’lingiz, o’z uslubingiz va qadriyatlaringiz bo’lsin. Har doim tinch, halovatda uxlang 🤝
  • ❤ 4
  • 🏆 2
Post #1236 320

Forwarded from Mirzodan maktub

Bugun taqvimda Yoshlar bayrami.

Tabrigim — jamiyat qoliplaridan biroz tashqari, oʻziga yoqqan kiyimini kiyib olgan, koʻplarga tushunarsiz musiqalar eshitadigan, andegraundda yurgan, lekin shundoq yonimizda real ishlarni qilib tashlayotgan yoki oʻz vaqtini kutayotgan yoshlarga. Biz turlichamiz: kimgadir sahnalar yoqadi, kimdir esa qorong'u burchakda turib mamlakatni u yoki bu sohada olg‘a siljitadi.

Bu tabrik — hech qanday e’tiroflarni kutmay, kechalari kod yozayotgan dasturchiga, chekkada kitob ulashayotgan fidoyiga, stereotiplarni sindirib, ming qarshiliklarga qaramay mural chizayotgan yoki bir darveshsifat shoir, koʻp tillarni biladigan sochi uzun bir futbol jurnalistiga yoki chopon bilan krossovka kiyib olgan suratkashga. Siz katta tadbirlarni xush koʻrmassiz, matritsa sizga shubha bilan qarar va kurashlar uchun sizni yetarlicha kuchli deb bilmas, lekin aynan shular va e’tibordan xoli andegraund muhit odamni haqiqiy pankka, yengilmas va mustaqil kuchga aylantiradi.

Biz har xilmiz (kimdir bir tadbir uchun kostyum-shim kiygani bilan, aslida ijodkor-isyonkor ruhli yoshdir) va aynan shu xilma-xilligimiz bilan O‘zbekistonni rivojlantiryapmiz. Hayotni qarsaklar emas, siz kabi o‘z maqsadi sari jimgina, sabr va ehtimol birooozgina xorgʻinlik bilan harakat qilayotganlar olg‘a yetaklaydi. O‘z ustingizda ishlashdan, har kuni yangi bilim olishdan va o‘z aqldan ozgan g‘oyangizga ishonishdan to‘xtamang.

Bayramimiz (oʻzi aslida har kun bayram) muborak bo‘lsin, ichki intizom va sokin shijoat egalari! O‘zingizni va atrofni o‘zgartirishdan charchamang. Bugungi ko‘rinmas mehnatingiz ertaga eng mustahkam poydevorga aylanadi. Yoʻlingiz yorugʻ boʻlsin. Suratdagi kabi oʻz bilganingizcha uching, samimiyatni va boshqalar nazdida axmoqona sanalgan gʻoyangizga ishonchni soʻndirmang!

Surat: “Majnun” (Jontemir) by Behzod Boltayev

@mirzodanmaktub
  • ❤ 2
Post #1235
Channel photo updated
Post #1233 352
F Λ R M O N O V Bayroq o'zi kelib chiqishi juda qiziq bo'lgan. Wikipediada muallif Farhod Yoʻldashev deb berilgan. Kelajagi buyuk avlod hisoblangan biz, maktabda o'qigan kitoblarimizda Islom Karimov deb berilgan. Tor davralarda esa gerbni ham bayroqni ham bir odam, rassom…
  • ❤ 3
Post #1232 352
Bayroq o'zi kelib chiqishi juda qiziq bo'lgan. Wikipediada muallif Farhod Yoʻldashev deb berilgan. Kelajagi buyuk avlod hisoblangan biz, maktabda o'qigan kitoblarimizda Islom Karimov deb berilgan. Tor davralarda esa gerbni ham bayroqni ham bir odam, rassom Anvar Mamajonov chizgan deb eshitganman, Keyinchalik Anvar aka bilan shaxsan suhbatlashganimda bu haqida gapirishni xohlamasligini aytgan (men eshitgan versiyadagi u vaqtlarda bir kechada uyidan olib ketilib bayroq muallifligi I. Karimov deb yozilgan qog'ozga qo'l qo'ydirishganini tasdiqlashga qo'rqishini sezganman 🙂). Farhod Yo'ldoshev haqida esa hech qayerda maa'lumot yo'q, rassomlardan o'xshash ism, familiyalik faqat Muborak Yo'ldoshev bor.

Bayroqning standartlashtirilgan o'lcham va tizimlari bor archive.uz dagi ma'lumotlarga ko'ra. Barcha o'lchamlar aniq qilib yozilgan, qayerda ishlatilinishiga qarab hisoblab olinadi (pastdagi 1-rasm). Biz kompyuterda ishlaydigan dizaynerlar odatda pixel o'lchamida olamiz (masalan 40 sm. = 400 px. ko'rinishida). Ranglar odatda 3 xil tyavsiflanadi. Ekranlar yoki monitorlar uchun RGb tizimida, veb saytlar uchun HEX tizimida, bosma mahsulotlar uchun CYMK tizimida. Qonunga ko'ra bayroqning rang kodlari (pastdagi 2-rasm). Xullas, qayerda ishlatilinishiga qarab palitrada shu raqamlarni yozsa bayroq ranglari hosil bo'ladi.

Mirzoning postidagi Bakiro ning fikriga qo'shilaman, qonun ishlamayapti. Bayroq haqidagi qonunning 11-moddasida "Qonun ijrosini taʼminlash tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari zimmasiga yuklatiladi" deb yozilgan. Bu menimcha to'g'ri emas, aniq tashkilot kerak bu bilan shug'ullanadigan. Hozir xohlagan odam istagancha ishlatib yotibdi bayroqni, buni nazorati esa hammada va hech kimda.

Bayroqdagi xatolar asosan bosma holatda ko'rinadi. Dazmol qilinmagan, ranglar o'zgarib ketgan, yulduzlar tartibi buzilgan, o'lchamlar o'zgargan... Katta katta davlat tadbirlarida ham bu xatolarni ko'ramiz, futbol muxlislari qolib. Hatto gerb o'rniga Prezident muxrini ishlatib yotishibdi. Ijtimoiy tarmoqlarda Serra Leoneni bayrog'ini ishlaatib yurishadi #uzb heshtegi ni yonida

Hamma yoq betartib. Bizda dizayn, tasvir bo'yicha qilinishi kerak bo'lgan ishlar juda ko'p va hech biri qilinmayapti.

@farmonoff
Wikipedia Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston bayrogʻi (rasmiy atalishi: Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi) — Oʻzbekiston gerbi va Oʻzbekiston madhiyasi kabi Oʻzbekiston Respublikasining rasmiy davlat ramzi sanaladi. Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi 1991-yilning 18 - noyabrida[2]…
  • ❤ 4
  • ⚡ 2
  • 💯 2
Post #1231 749
Post #1230 969
Bu rasmiy video ekan: https://t.me/marketingclub_event/2154

Texnik taraflarini gapirmay qo'ya qolay mayli ancha uzun bo'lib ketadi post. Lekin, bo'sh kiyimning yugurishi g'oyasi kimning hayoliga kelgan? Katta ko'chada kiyim yugurib yurishi bilan nimani ko'rsatishgan? SI ni yaxshi tushunishlarimi?

Bo'sh kiyim sharqda yaxshi assotsatsiya bermaydi. Odam ishlatadigan narsalar san'atda va adabiyotda ijobiy ma'no emas, salbiy ma'noda keladi (bo'm bo'sh kiyim, bo'm bo'sh beshik, bo'm bo'sh uy, bo'm bo'sh qishloq/shahar va h.k.). Faqatgina hajmi kichikroq instrumentlar (bo'sh idish, bo'sh cho'ntak, bo'sh qop va h.k.) adabiyot va tasvirda neytral ma'noni anglatadi.

Vazifani o'z mutaxassislariga topshirish shunchalik qiyin ishmi yoki buning tagida boshqa maqsadlar ko'zlanganmi, bilmadim. O'zbekiston terma jamoasining o'yinidan boshqa uning atrofidagi barcha narsa bizni ajablantiryapti tinmasdan 🙂

@farmonoff
Telegram Marketing Club Milliy terma jamoamizning Jahon chempionati uchun liboslari ekan. Dizaynerlar va marketologlar fikringizni commentlarda yozingiz. @marketingclub_event
  • 💯 4
  • ❤ 2
  • 👍 1
  • 😭 1
Post #1229 2.03K
95 CHOY izohsiz dizayner-da endi shunday did bilan…
9 yillik dizayner sifatida aytaman. Forma va shu guruhga kiradigan har qanday chop qilinadigan materiallar uchun dizaynlar hammasiga vektor grafika yasaladi, grafik planshetda chizilmaydi, alohida dasturlarda yasaladi.

Bu dizayner qizimizga hech qanaqa e'tiroz yo'q, uning malakasi va xatolarining yechimlari vaqt o'tgach keladigan narsalar.

Hamma e'tiroz, shu dizaynga buyurtma bergan va tanlagan shaxs hamda guruhlarga. Butun bir jamiyat, millat va davlatning tashqi ko'rinishini qo'l tegdi degan munosabat bilan ishlagan odamlar kim, qanday va qanaqa qadriyatga egaligi hamon savol ostida qolmoqda.

@farmonoff
  • ❤ 17
  • 👍 4
  • 😁 2
Post #1228 865

Forwarded from 95 CHOY

izohsiz

dizayner-da endi shunday did bilan…
  • ❤ 1
Post #1227 1.25K
Sun'iy intellekt yovuz niyatli odamlar va savodsizlar qo'liga tushib qolsa juda ham yomon qurolga aylanadi

@farmonoff
  • 😁 12
  • 🗿 6
  • 🤯 1
Post #1225 997
Даврон Файзиев Альваро Арбелоа бошчилигидаги илк ўйинда Реал Мадрид иккинчи дивизионнинг Альбасете жамоасига 2:3 ҳисобида ютқазди ва Испания кубогини тарк этди. Алонсо шунчаки кулиб қўйгандир. @Davron_Fayziev
Post #1224 864

Forwarded from Даврон Файзиев

Альваро Арбелоа бошчилигидаги илк ўйинда Реал Мадрид иккинчи дивизионнинг Альбасете жамоасига 2:3 ҳисобида ютқазди ва Испания кубогини тарк этди. Алонсо шунчаки кулиб қўйгандир.

@Davron_Fayziev
Post #1223 658

Forwarded from Xayrulla Hamidov official

ЯНГИ ЙИЛДА...

Янги йилда уруш бўлмасин,
Шомни вайрон этмасин жанглар,
Гурсиллаган танклар зарбидан
Ўрламасин фалакка чанглар.

Янги йилда тугасин бор ғам,
Шўрликлар ҳам яшасин энди.
Фарқи йўқдир, икки томон ҳам
Қуролини ташласин энди.

Янги йилнинг ҳар бир фаслини
Тарих бизга атасин баҳор,
Изламасин оналарини
Жанггоҳларда гўдаклар зинҳор.

Янги йилда ўйин қилмасин
Кучсизларни кучли жаноблар,
Ҳар бир ёвуз ишига ўксиб,
Корчалонлар берсин жавоблар.

Янги йилда афғон тоғларин
Бобурларнинг қучсин мероси,
Боғдоддан то Дамашқ боғларин
Босиб кетсин булбул овози.

Янги йилда қора қитъага
Ёруғ кунлар келсин ниҳоят —
Босиб кетди БМТни ҳам
Урушлардан ортган шикоят…

Янги йилда Фаластинда ҳам
Сокин ухлай олсин болалар.
Юракларни тешиб ташлади
Ундан оққан сўнгсиз жолалар.

Янги йилда тинчлик деган сўз
Халққа айлантирсин оммани.
Шундагина янги йил билан
Табриклашим мумкин ҳаммани!

@Xayrulla_Hamidov_adabiyot
  • ❤ 2
Post #1222 511
Mirzodan maktub Photo
"Kalish" ni yolg'iz ko'rish kerak, oilaviy ko'rilsa er-xotin o'rtasida urush kelib chiqishi mumkin))
  • 😁 3
  • 💯 1
Post #1219 700

Forwarded from Mirzodan maktub

Toshkentda qor va yangi yil arafasining birga kelganini ancha yildan buyon koʻrmagandik ❄️

Hojiakbar Nurmatov ishtirokidagi “Kalish” videofilmini tomosha qiladigan havo boʻlyapti 🎄

@mirzodanmaktub
Older posts →

About this channel

How can I read @farmonoff without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for F Λ R M O N O V: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does F Λ R M O N O V have?
F Λ R M O N O V (@farmonoff) has 348 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does F Λ R M O N O V know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →